Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi sotildi

© Foto: AUGAFerganskiy neftepererabativayushiy zavod
Ferganskiy neftepererabativayushiy zavod - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2022
Obuna bo‘lish
Xususiy korxona “Sanoat Energetika Guruhi” davlatdan Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini sotib oldi.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “UzAssets” investitsiya kompaniyasi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi (FNQIZ) fondidagi 100 foiz ulushini sotgani to‘g‘risida ma’lum qildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar bermoqda.
FNQIZ xaridori eng yirik neft va gaz sohasidagi xususiy korxona “Sanoat Energetika Guruhi” (sobiq “Jizzakh Petroleum”) bo‘lgan. Kelishuv narxi 100 million dollarni tashkil etgan.
“KPMG Valuation and Consulting” xususiylashtirish bo‘yicha konsultant bo‘lgan. Davlat ulushini baholash uchun "Katta to‘rtlik"ka kirgan xalqaro baholash kompaniyasi jalb qilingan. “Dentons” qo‘shimcha huquqiy ko‘mak ko‘rsatgan.
Ta’kidlanishicha, neft va gaz sohasidagi 30 dan ortiq turli xil xorijiy va mahalliy investorlarga investitsion tizer (kompaniya xaqida qisqacha ma’lumot) yuborildi hamda ularning uchtasi ishtirokida ochiq tanlov jarayoni tashkil etilgan.
Har bir talabgorga virtual ma’lumotlar xonasi (VDR)ga joylashtirilgan korxonaning kompleks tahlili due diligence (moliyaviy, soliqqa oid, huquqiy va ekologik) natijalari bilan tanishish, korxona to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlarni xususiylashtirish bo‘yicha konsultant va korxona rahbariyatidan javoblar olish hamda zavodga tashrif buyurish imkoniyati taqdim etilgan.
Xususiylashtirish bo‘yicha konsultantning qabul qilingan takliflarni o‘rganish natijalari asosida tavsiyalarini inobatga olgan holda, mustaqil baholash natijalaridan yuqori bo‘lgan narx parametrlari hamda barcha belgilangan malaka mezonlariga javob beradigan eng maqbul taklif tanlab olindi.
Olingan takliflarni o‘rganish natijalarini hisobga olgan holda “Sanoat Energetika Guruhi” kompaniyasi ochiq savdo jarayoni natijalari g‘olibi sifatida tanlangan. Bunda belgilangan malaka talablariga muvofiqligi, hudud neft va gaz sanoatidagi katta tajribasi, zavod faoliyati uchun zarur bo‘lgan xom ashyo konlarining mavjudligi, korxonaning bahosidan yuqori sotib olish narxini taqdim etgani inobatga olingan.
Bitim doirasida “Sanoat Energetika Guruhi” zavodni modernizatsiya qilishga oid 380 million dollardan ortiq investitsiya majburiyatlarini bajarishni o‘z zimmasiga oladi. Korxona zavodda zamonaviy va ekologik toza benzin, Yevro-5 talablariga javob beradigan dizel yoqilg‘isi, Jet A-1 reaktiv yoqilg‘isi, suyultirilgan tabiiy gaz ishlab chiqarishni ko‘paytirish, neft. agregatlarini modernizatsiya qilish hamda ishlab chiqarish quvvatini kamida 2 million tonnaga oshirishni ta’minlashni tashkil etishni etishi zarur.
Investitsiya majburiyatlaridan tashqari, kompaniya quyidagi ijtimoiy majburiyatlarni ham olmoqda:
2 yil mobaynida korxonada mavjud ish o‘rinlarini va ishchilar sonini saqlab qolish (tabiiy sabablar bilan bo‘shaydigan ish o‘rinlari bundan mustasno), amaldagi ish haqi fondi miqdorini kamaytirmaslik va jamoa shartnomasi shartlarini yomonlashtirmaslik;
xodimlarning ish haqlarini bitim imzolash sanasidagi miqdordan kamaytirmaslik;
jamoa shartnomasining asosiy shartlari saqlanishini ta’minlash;
boshqa ijtimoiy majburiyatlarni maksimal darajada saqlash.

Farg‘ona NQIZ

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi mamlakatdagi dastlabki ishlab chiqarish quvvati 6,5 million tonnani tashkil etadigan eng yirik neftni qayta ishlash zavodlaridan biri. Uning tarixi 1959-yildan boshlanadi, 1907-yilda ishga tushirilgan Oltiariq yoqilg‘i ishlab chiqarish quvvati shular jumlasidandir. O‘tgan asrning 60-yillarida FNQIZ G‘arbiy Sibir konlaridan xom ashyo bilan ta’minlangan, shuningdek, butun sobiq Sovet xom ashyosini qayta ishlash tizimining bir qismi bo‘lgan. O‘tgan 20-yil davomida zavodda modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmagan.
Zavodning to‘liq ishlashi uchun asosiy qiyinchiliklardan biri bu O‘zbekiston hududida xom ashyoning yetishmasligidir. COVID -19 pandemiyasi korxonaning moliyaviy faoliyatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatib, neftm ta’minotining yetishmasligini oshirdi hamda neft mahsulotlariga talabni kamaytirdi. So‘nggi 10-yil ichida yiliga o‘rtacha 1-1,5 mln tonna neft qayta ishlangan, misol uchun 2020-yilda atigi 900 ming tonna xom ashyo qayta ishlangan xolos.
Yangiliklar lentasi
0