Yosh bolada oziq-ovqat allergiyasi paydo bo‘lishiga nima sabab bo‘ladi - shifokor javobi

© Minzdrav UzbekistanaDirektor Sentra allergologii, professor Ilmira Razikova
Direktor Sentra allergologii, professor Ilmira Razikova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2022
Obuna bo‘lish
Oxirgi vaqtlarda yosh bolalarda sut, tuxum, baliq, parranda go‘shti, sitrus mevalar va boshqa taommlarga nisbatan allergiya bo‘lishi holatlari ko‘p uchramoqda. Ushbu mavzuda mutaxassis xulosasi bilan tanishing.
TOShKENT, 21-may - Sputnik. Oziq-ovqat allergiyasiga asosan 5 yoshgacha bo‘lgan go‘daklar chalinadi, 6 yosh va undan kattalarda bu holat juda kam uchraydi.
Xo‘sh, yosh bolalarda ushbu xavfli holat paydo bo‘lishiga asosiy sabab nima?
Ushbu savolga Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Razikova javob berdi.
Odatda allergiyaning ushbu turidan ko‘proq bolalar, xususan emizikli go‘daklar aziyat chekadi. Kattalarda esa xastalik nisbatan kam uchraydi. Allergiyaning asl sababi immunitetning genetik darajada buzilishi hisoblanib, u nasl suradi yoki favqulodda paydo bo‘ladi, deydi shifokor.
Bolalardagi kasallik rivojlanishiga ko‘pincha onaning homiladorlik yoki emizikli davrida noto‘g‘ri ovqatlanishi sabab bo‘ladi. Aytaylik, ayol homiladorlik paytida haddan ziyod ko‘p tuxum iste’mol qilsa, oradan ma’lum vaqt o‘tib bolada aynan shu mahsulotga nisbatan allergiya paydo bo‘lishi ehtimoli mavjud.
Bundan tashqari, chaqaloqning ko‘krak suti o‘rniga, sun’iy aralashmalar bilan oziqlantirilishi yoki chala tug‘ilishi, oshqozon-ichak tizimi, o‘t yo‘llari yoki jigar xastaliklari oziq-ovqat allergiyasini keltirib chiqaruvchi omillar sirasidan.
Qolaversa, sigir suti — allergen mahsulot. Tarkibida 40 dan ortiq oqsil guruhlari bo‘lib, asosiy qismi kazeinlar va zardob oqsillaridan iborat. Unda allergiyaga sababchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan f2, Bos d 4, Bos d 5, Bos d 6, Bos d 8, Bos d 9, Bos d 10, Bos d 11, Bos d 12 allergenlari mavjud.
Ularga 2-3 foiz emizikli bolalarda allergiya uchraydi. O‘g‘il-qizlar 5 yoshga kirgach, 80 foizida mazkur holat yo‘qoladi. Olti yoshga kelib esa 100 nafar boladan 1 nafaridagina sigir sutiga nisbatan allergiya kuzatilishi mumkin.
Kattalar ham ba’zan bu turdagi allergiyadan aziyat chekadi. Misol uchun, ayrim kishilarda tamolarga hid, rang va ta’m bag‘ishlash maqsadida solinadigan qo‘shimchalar, xususan, sariq-tillarang ko‘rinish beradigan tartrazin allergik reaksiya paydo qiladi. Natriy nitrat, natriy glyutamat va salitsilatlarni ham shular sirasiga kiritish mumkin.
Oziq-ovqat allergiyasining xatarli tomoni, allergenning oz miqdori ham inson hayotiga xavf tug‘dirishi, anafilaktik shok holatini keltirib chiqarishi mumkin.
Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga asosan.
Yangiliklar lentasi
0