So‘nggi jangarilarning "Azovstal"dan chiqishi - video

Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligi so‘nggi jangarilarning "Azovstal"dan chiqishini ko‘rsatdi.
TOShKENT, 21-may - Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning "Azov" milliy polkining so‘nggi jangarilari Mariupoldagi "Azovstal" metallurgiya zavodidan chiqishi aks etgan videoni e’lon qildi.
Vazirlik xabarida aytilishiga ko‘ra, jangarilar shartsiz taslim bo‘lishgan.
Videoda millatchilarning shaxsiy narsalarini rus harbiylariga tekshirish uchun topshirishlari ko‘rsatilgan. Rossiyalik harbiy xizmatchilar ham jangarilarning kiyimlarini ko‘zdan kechirib, tatuirovkalarni ko‘rsatishni so‘rashadi.
Jangarilardan birining yelkasida "Tesak" laqabli mashhur millatchining portreti tushirilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, "Azovstal" qurshovga olingan 2,5 mingga yaqin jangarilar va Ukraina harbiylarining 531 kishidan iborat so‘nggi guruhi 20-may kuni taslim bo‘lgan edi. Bu haqida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu prezident Vladimir Putinga 20-may kuni hisobot bergan edi.
"Azovstal" to‘liq ozod qilindi - Shoygu
"Azov" millatchi bataloni

Ukraina Milliy gvardiyasining "Azov" maxsus bo‘linmasi 2014-yildagi davlat to‘ntarishidan so‘ng tashkil qilingan.

Uning tarkibiga irqchilik va neonatsist qarashlarga ega bo‘lgan millatchi radikallar kirgan. U yerda nafaqat Ukraina fuqarolari, balki boshqa mamlakatlardan kelgan yollanma askarlar ham bor edi.

"Azov" jangarilari 2015-yildan buyon Donbassda tinch aholiga nisbatan odam o‘g‘irlash, qiynoqqa solish, asirlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, xalqaro konvensiyalar bilan taqiqlangan jangovar vositalardan foydalanish kabi jinoyatlar sodir etib kelgan. Rossiya Tergov qo‘mitasi tomonidan, Donbassda aniqlangan rad etib bo‘lmas dalillar asosida, "Azov" va "Praviy sektor" jangarilariga nisbatan JKning ko‘plab moddalari bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0