O‘zbekiston sportchilari yilning issiq vaqtida Rossiyada yig‘inlar o‘tkazadi

© MinsportVstrecha ministrov sporta Uzbekistana i RF
Vstrecha ministrov sporta Uzbekistana i RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiya sport vazirliklari qishda O‘zbekiston hududida yozda esa Rossiyada yig‘inlar tashkil qilish haqida kelishib olishdi.
TOShKENT, 21-may - Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston Olimpiada jamoalarini tayyorlashda yilning qulay mavsumlarida bir-birining hududida yig‘inlar o‘tkazishga kelishib olishdi.
Toshkentda 20-may kuni ShHT sport vazirlari uchrashuvidan so‘ng Rossiya va O‘zbekiston sport vazirlarining ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda ikki davlat vakillari o‘rtasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, turnirlar tashkil etishda hamkorlikni yanada kuchaytirish, jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, Olimpiya terma jamoalari ishtirokida yilning issiq paytida Rossiyaning bahavo joylarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etish va qish faslida esa yurtimizda mashg‘ulotlar o‘tkazish borasida kelishuvga erishildi

Shuningdek, ommaviy sportni yanada rivojlantirishda birgalikda ishlash, qolaversa xalqaro maydonlarda muvaffaqiyatga erishish borasida ham hamkorlikni kuchaytirishga kelishildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov, vazir o‘rinbosari Shaxrullo Maxmudov hamda Sport o‘yinlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori Jasur Akramovlar ishtirok etdi.
Rossiya tomonidan sport vaziri Oleg Matisin boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.
© MinsportVstrecha ministrov sporta Uzbekistana i RF
Vstrecha ministrov sporta Uzbekistana i RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2022
Vstrecha ministrov sporta Uzbekistana i RF
Yangiliklar lentasi
0