https://oz.sputniknews.uz/20220521/azovstal-toliq-ozod--qilindi---shoygu-24702414.html
"Azovstal" to‘liq ozod qilindi - Shoygu
"Azovstal" to‘liq ozod qilindi - Shoygu
Sputnik O‘zbekiston
"Azovstal"da qurshovga olingan Ukraina harbiylari va jangarilaring barchasi (2439 nafar) taslim bo‘ldi va asirga olindi. 21.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-21T00:37+0500
2022-05-21T00:37+0500
2022-05-21T00:38+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
"azov"
ukraina
qurolli kuchlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/19/24194660_0:161:3067:1886_1920x0_80_0_0_be93ee28010a25f0b36a1b911e3f4e31.jpg
TOShKENT, 20-may - Sputnik. Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu prezident Vladimir Putinga Marupol shahri jangarilardan to‘liq ozod etilgani haqida hisobot berdi. Bu haqida RIA Novosti xabar qilmoqda. Bugun 531 nafar jangaridan iborat bo‘lgan eng so‘nggi guruh qurol topshirdi. Ular orasida "Azov" millatchi batalonining "mashhur" yetakchilari ham bor.Eslatib o‘tamiz, "Azovstal" kombinati bundan bir oy oldin qurshovga olingan edi. O‘shanda Rossiya prezidenti zavodning yer osti inshootlariga hujum qilishni ta’qiqlab qo‘ygan va korxona hududini "hatto chivin uchib chiqa olmaydigan" darajada qurshovga olishni topshirgan edi. Shundan so‘ng korxonadan dastlab ayollar va bolalar evakuatsiya qilindi. 3 kun oldin esa yaradorlar va Ukraina armiyasi askarlaridan iborat 265 kishi qurol topshirib taslim bo‘lishgan edi. Turli manbaalarda aytilishiga ko‘ra, "Azovstal"da nafaqat Ukraina harbiylari va "Azov" millatchi bataloni jangarilari, balkim ko‘plab xorijiy yollanma askarlar va hatto bir necha NATO davlatlaridan kelgan instruktorlar ham bor.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/19/24194660_169:0:2898:2047_1920x0_80_0_0_99a2fc7d9d441a94e0b32605d34b46e2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
"azov", ukraina, qurolli kuchlar
"azov", ukraina, qurolli kuchlar
"Azovstal" to‘liq ozod qilindi - Shoygu
00:37 21.05.2022 (yangilandi: 00:38 21.05.2022) "Azovstal"da qurshovga olingan Ukraina harbiylari va jangarilaring barchasi (2439 nafar) taslim bo‘ldi va asirga olindi.
TOShKENT, 20-may - Sputnik. Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu prezident Vladimir Putinga Marupol shahri jangarilardan to‘liq ozod etilgani haqida hisobot berdi. Bu haqida RIA Novosti xabar qilmoqda.
"Azovstal" kombinatning yerosti inshootlari to‘liq Rossiya Qurolli Kuchlari nazoratiga o‘tdi. 16-maydan buyon o‘tkazilgan operatsiya davomida kombinatda qurshovga olingan 2 439 nafar "Azov" millatchi bataloni jangarilari hamda Ukraina qo‘shinlari askarlari taslim bo‘lishgan va asirga olingan, -deyilgan xabarda.
Bugun 531 nafar jangaridan iborat bo‘lgan eng so‘nggi guruh qurol topshirdi. Ular orasida "Azov" millatchi batalonining "mashhur" yetakchilari ham bor.
Eslatib o‘tamiz, "Azovstal" kombinati bundan bir oy oldin qurshovga olingan edi. O‘shanda Rossiya prezidenti zavodning yer osti inshootlariga hujum qilishni ta’qiqlab qo‘ygan va korxona hududini "hatto chivin uchib chiqa olmaydigan" darajada qurshovga olishni topshirgan edi.
Shundan so‘ng korxonadan dastlab ayollar va bolalar evakuatsiya qilindi. 3 kun oldin esa yaradorlar va Ukraina armiyasi askarlaridan iborat 265 kishi qurol topshirib taslim bo‘lishgan edi.
Turli manbaalarda aytilishiga ko‘ra, "Azovstal"da nafaqat Ukraina harbiylari va "Azov" millatchi bataloni jangarilari, balkim ko‘plab xorijiy yollanma askarlar va hatto bir necha NATO davlatlaridan kelgan instruktorlar ham bor.