https://oz.sputniknews.uz/20220521/aqshning-ozbekistonda-yangi-elchi-nomzodini-elon-qilindi-24706236.html
AQShning O‘zbekistondagi yangi elchisi nomzodi e’lon qilindi
AQShning O‘zbekistondagi yangi elchisi nomzodi e’lon qilindi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 21-may - Sputnik. Prezident Jo Bayden 20-may kuni AQShning O‘zbekistondagi yangi elchisi nomzodini e’lon qildi, deb xabar qilmoqda O‘zA, AQSh OAViga asosan. 21.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-21T12:39+0500
2022-05-21T12:39+0500
2022-05-21T12:41+0500
siyosat
o‘zbekiston
aqsh
elchi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/15/24706326_2:0:1024:575_1920x0_80_0_0_193f87c506480f77badb204f4d8fef87.jpg
TOShKENT, 21-may - Sputnik. Prezident Jo Bayden 20-may kuni AQShning O‘zbekistondagi yangi elchisi nomzodini e’lon qildi, deb xabar qilmoqda O‘zA, AQSh OAViga asosan. Nomzod Kongressning yuqori palatasi, Senat tasdig‘idan o‘tishi kerak. Amerikaning Toshkentdagi hozirgi elchisi Daniyel Rozenblum faoliyatini boshlaganiga uch yildan oshdi. Jonatan Henik (Jonathan Henick) - Kolumbiya universitetida xalqaro aloqalar bo‘yicha magistrlik darajasiga va Gavaya universitetidan Phd darajasiga ega. U AQSh Tashqi ishlar vazirligida 20-yildan buyon ishlaydi. Henik Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha Davlat kotibi yordamchisi o‘rinbosari va jamoatchilik diplomatiyasi bo‘yicha direktor vazifalarida ishlab kelgan. Jonatan Henik, AQShning Ozarbayjon, Turkiya, Portugaliya va O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalarida ham xizmat qilgan. Asli Nyu-Yorkdan bo‘lgan Henik rus, portugal, turk va ozarbayjon tillarini biladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/15/24706326_136:0:903:575_1920x0_80_0_0_6ec1d81f3d6225eee220d2a11d41f5de.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, aqsh, elchi
siyosat, o‘zbekiston, aqsh, elchi
AQShning O‘zbekistondagi yangi elchisi nomzodi e’lon qilindi
12:39 21.05.2022 (yangilandi: 12:41 21.05.2022) TOShKENT, 21-may - Sputnik. Prezident Jo Bayden 20-may kuni AQShning O‘zbekistondagi yangi elchisi nomzodini e’lon qildi, deb
xabar qilmoqda O‘zA, AQSh OAViga asosan.
"AQSh rahbari Jo Bayden mamlakatning O‘zbekistondagi navbatdagi elchisi sifatida uzoq yillik tajribaga ega diplomat Jonatan Henik nomzodini ko‘rsatdi", - deyilgan xabarda.
Nomzod Kongressning yuqori palatasi, Senat tasdig‘idan o‘tishi kerak. Amerikaning Toshkentdagi hozirgi elchisi Daniyel Rozenblum faoliyatini boshlaganiga uch yildan oshdi.
Jonatan Henik (Jonathan Henick) - Kolumbiya universitetida xalqaro aloqalar bo‘yicha magistrlik darajasiga va Gavaya universitetidan Phd darajasiga ega. U AQSh Tashqi ishlar vazirligida 20-yildan buyon ishlaydi. Henik Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha Davlat kotibi yordamchisi o‘rinbosari va jamoatchilik diplomatiyasi bo‘yicha direktor vazifalarida ishlab kelgan.
Jonatan Henik, AQShning Ozarbayjon, Turkiya, Portugaliya va O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalarida ham
xizmat qilgan. Asli Nyu-Yorkdan bo‘lgan Henik rus, portugal, turk va ozarbayjon tillarini biladi.