Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Kungaboqar yog‘ini qanday saqlash kerak?

© Sputnik / Georgiy Zimarev / Mediabankka o‘tishMaslo
Maslo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2022
Obuna bo‘lish
Nutritsiologning ayticha, havo o‘zgarishi kungaboqar yog‘idagi foydali moddalarni nobud qiladi.
Nutritsiolog Olga Cheremina kungaboqar yog‘ini to‘g‘ri saqlash bo‘yicha tavsiyalar berdi. Bu haqida RIA Novosti xabar beradi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yog‘ni muzlatmaslik va havo harorati o‘zgarib turadigan sharoitda saqlamaslik kerak. Bu undagi foydali moddalarni nobud qiladi. Mutaxassis kungaboqar yog‘ini yopiq va salqin havo kirish mumkin va plitadan uzoq bo‘lmagan joyda saqlashni tavsiya qiladi.
“Kungaboqar yog‘ini +5 dan +20 gacha bo‘lgan haroratda saqlash tavsiya etiladi. Yog‘ni qorong‘ulikda saqlash shart. Chunki qadoqdan ochilgan yog‘ nur tushishi bilan oksidlanadi”, - deydi mutaxassis.
Mahsulotni muzlatkichda ham saqlash mumkin. Bunda havo harorati 6 gradusdan baland bo‘lmagan pastki tokchalarda saqlash kerak. Shuni yodda tutish kerakki, yog‘ni o‘ta issiq va sovuq joyda saqlash mumkin emas.
Bundan tashqari, nutritsiolog kungaboqar yog‘ini kam iste’mol qilishni va uning o‘rniga boshqa foydali yog‘lardan foydanishni maslahat berdi.
“Kungaboqar yog‘i tarkibida yarimto‘yinmagan yog‘lar ko‘p. Ular qiziganda kanserogen zararli moddasiga aylanadi. Qovurish uchun dimlanishi 160 darajadan yuqori yog‘ni tanlash kerak. Masalan, avokado, hind yong‘og‘i, gxi yog‘lari. Bu yog‘lar kungaboqar mahsuloti bilan solishtirganda ancha foydali”,- deydi Cheremina.
Yangiliklar lentasi
0