https://oz.sputniknews.uz/20220520/konstitutsiyasiga-ozgartirish-kiritish-boyicha-komissiya-tuzildi-24689489.html
Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha komissiya tuzildi
Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha komissiya tuzildi
Sputnik O‘zbekiston
Komissiyaga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov rahbarlik qiladi. 20.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-20T13:48+0500
2022-05-20T13:48+0500
2022-05-20T13:48+0500
jamiyat
konstitutsiya
oliy majlis qonunchilik palatasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/0a/19624497_0:0:1001:563_1920x0_80_0_0_a397e3dc12581a7ea46f61570e89e10e.jpg
TOShKENT, 20-may - Sputnik. O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi. Bu haqda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi kengashlarining qo‘shma majlisida ma’lum qilindi.Komissiyaning tarkibiga jamiyatning turli qatlamlaridan, xususan, deputatlar, senatorlar, barcha hududlardan vakillar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, yetuk huquqshunos, siyosatshunos va boshqa ekspertlar kiritildi.Majlisda komissiyaga o‘z faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, aholining barcha qatlamlaridan Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni olish borasida vazifalar qo‘yildi.KomissiyagaOliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov rahbarlik qiladi. Unga Alisher Qodirov, Aktam Hayitov, Qutbiddin Burhonov, Murod Kamolov o‘rinbosar bo‘ldi. Depuatt Odiljon Tojiyev komissiya Matbuot xizmati rahbari etib tasdiqlandi.Avvalroq, Liberal-demokratik partiyasi va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi O‘zbekiston Konstitutsiyasini takomillashtirish masalasini Oliy Majlis palatalari Kengashlariga kiritishga kelishib olgani haqida xabar bergan edik.Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 6-noyabr kuni ikkinchi muddatga prezident sifatida qasamod qabul qilgan Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida mamlakatda konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish xususida to‘xtalgan edi. Keyin davlat rahbari 8-dekabr kuni xalqqa Konstitutsiya qabul qilinganining 29-yilligi munosabati yo‘llagan tabrigida taklif etilayotgan o‘zgartirishlarni sanab o‘tgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/0a/19624497_0:0:1001:751_1920x0_80_0_0_4a571a80ec2910a6eed8bb214e7c20f2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, konstitutsiya, oliy majlis qonunchilik palatasi
jamiyat, konstitutsiya, oliy majlis qonunchilik palatasi
Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha komissiya tuzildi
Komissiyaga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov rahbarlik qiladi.
TOShKENT, 20-may - Sputnik. O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi. Bu haqda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi kengashlarining qo‘shma majlisida ma’lum qilindi.
Komissiyaning tarkibiga jamiyatning turli qatlamlaridan, xususan, deputatlar, senatorlar, barcha hududlardan vakillar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, yetuk huquqshunos, siyosatshunos va boshqa ekspertlar kiritildi.
Ta’kidlanishicha, Konstitutsiyaviy komissiya o‘z faoliyatini “Jamiyat – islohotlar tashabbuskori” degan g‘oya asosida ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga asoslangan holda olib borishi, keng jamoatchilik vakillari hamda xalqning taklif va fikrlari asosida shakllantirishi lozim.
Majlisda komissiyaga o‘z faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, aholining barcha qatlamlaridan Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni olish borasida vazifalar qo‘yildi.
KomissiyagaOliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov rahbarlik qiladi. Unga Alisher Qodirov, Aktam Hayitov, Qutbiddin Burhonov, Murod Kamolov o‘rinbosar bo‘ldi. Depuatt Odiljon Tojiyev komissiya Matbuot xizmati rahbari etib tasdiqlandi.
Avvalroq, Liberal-demokratik partiyasi va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi O‘zbekiston Konstitutsiyasini takomillashtirish masalasini Oliy Majlis palatalari Kengashlariga kiritishga kelishib olgani haqida
xabar bergan edik.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 6-noyabr kuni ikkinchi muddatga prezident sifatida qasamod qabul qilgan Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida mamlakatda konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish xususida
to‘xtalgan edi. Keyin davlat rahbari 8-dekabr kuni xalqqa Konstitutsiya qabul qilinganining 29-yilligi munosabati yo‘llagan tabrigida taklif etilayotgan o‘zgartirishlarni
sanab o‘tgan edi.