Chevrolet Traversening yangilangan modeli sotuvga chiqdi

© Press-slujba UzAuto MotorsChevrolet Traverse 2022
Chevrolet Traverse 2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2022
Obuna bo‘lish
Avtomobil eng ilg‘or texnologiyalar bilan yangilandi. U kuchli dvigatel va yetti o‘rindiqli salon bilan oldingilaridan farq qiladi.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. O‘zbekistonda Chevrolet Traverse 2022 yangilangan modeli sotuvga chiqarildi. Bu haqda Uzauto Motors xabar berdi.
Aytilishicha, avtomobil eng ilg‘or texnologiyalar bilan yangilandi. Model kuchli dvigatel va yetti o‘rindiqli salon bilan oldingilaridan farq qiladi.

“Avtomobil rangli 8 dumli sensor ekran 10 ta kolonkadan iborat premium “Bose”dinamikli multimedia tizimiga ega. Yo‘lovchi avtomobilning xavfsizlik texnologiyalari va texnik xususiyatlari tufayli safarda o‘zini yanada ishonchli va erkin his qiladi”, deyiladi xabarda.

Yangilangan “Chevrolet Traverse”ni UzAuto Motorsning Toshkent viloyati Nurafshon shahri, poytaxtning Zangiota va Serili tumanlaridagi rasmiy dilerlaridan olish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yangilangan “Chevrolet Traverse” narxlari ma’lum qilingandi. Modelning boshlang‘ich komplektatsiyasi 408 009 595 so‘mdan, Premier AT MY22 komplektatsiya 563 130 435 so‘m etib belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0