Bizni har kun o‘qqa tutishadi - Pervomaysk shahar meri. Video

© Sputnik / Sergey Averin / Mediabankka o‘tishPosledstviya obstrela goroda Yasinovataya v DNR
Posledstviya obstrela goroda Yasinovataya v DNR - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2022
Obuna bo‘lish
Lugansk Xalq Respublikasida joylashgan Pervomaysk shahri meri va aholisi Ukraina qurollangan to‘dalari tomonidan har kuni o‘qqa tutilayotgani haqida aytib berdi.
Mana bu ko‘rib turganiningiz, Pervomaysk shahrida joylashgan bolalar maydonchasi. Uning qoq o‘rtasiga kecha ukrainalik “jazolash otradlari” tomonidan otilgan snarad kelib tushdi. Uning yonida jamoat ovqatlanish joyi va ko‘p xonadonli uylar joylashgan. Bu uda birorta ham butun oyna qolmagan. Uyda yashovchilar ijtimoiy tarmoqda oyna siniqlaridan yarador bo‘lganining suratlarini joylashtirishgan edi.
Shahar aholisi uchun o‘qqa tutilish odatiy holga aylangan. Aksariyat kunning ikkinchi yarmida uyga yoki biror yashirinish joyiga yaqinroq bo‘lish kerakligini yaxshi bilishadi. Shu sababli ham bu yerga snarad kelib tushganda hech kim bo‘lmagan. Lekin kecha o‘z uyi yaqinida bo‘lganlardan 3 kishi yaralangan. Umuman o‘qqa tutish boshlanganidan buyon Pervomaysk shaharning 32 nafar aholisi yaralangan.
Yaralangan erkak shahar har kuni o‘qqa tutilayotgani haqida aytib berdi.
Yangiliklar lentasi
0