TOShKENT, 19-may — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya olimlari bulutli informatsion texnologiyalarini joriy qilishga kelishib olishdi. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi xabar berdi.Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutiga Birlashgan Yadro tadqiqotlari instituti Xalqaro davlatlararo tashkilotining (Dubna) vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.Uchrashuvda “Bulutli informatsion texnologiyalari”ni joriy qilish, radiatsion biologiya yo‘nalishida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.Ushbu tizimni dastlab Yadro fizikasi institutida, so‘ngra Fanlar akademiyasining boshqa muassasalarida joriy qilishga kelishib olindi.Aytilishicha, hozirgi kunda bir guruh yosh olimlar Dubna shahridagi Birlashgan Yadro tadqiqotlari institutiga 6 oylik malaka oshirish kurslariga jo‘natilgan. Delegatsiya Materialshunoslik instituti faoliyati bilan tanishdi va mazkur muassasada ham “Bulutli informatsion texnologiyalar”ni joriy qilishga kelishib olindi.
Bir guruh yosh o‘zbekistonlik olimlar Rossiyadagi institutga 6 oylik malaka oshirish kurslariga jo‘natilgan.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya olimlari bulutli informatsion texnologiyalarini joriy qilishga kelishib olishdi. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi xabar berdi.
Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutiga Birlashgan Yadro tadqiqotlari instituti Xalqaro davlatlararo tashkilotining (Dubna) vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
Uchrashuvda “Bulutli informatsion texnologiyalari”ni joriy qilish, radiatsion biologiya yo‘nalishida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
Ushbu tizimni dastlab Yadro fizikasi institutida, so‘ngra Fanlar akademiyasining boshqa muassasalarida joriy qilishga kelishib olindi.
“Tizim ishga tushganidan so‘ng katta hajmdagi ma’lumotlarni tez va ishonchli yuklab olish, jo‘natish hamda katta informatsion resurs talab qiluvchi hisoblarni bajarish imkoniyati yaratiladi”, - deyiladi xabarda.
Aytilishicha, hozirgi kunda bir guruh yosh olimlar Dubna shahridagi Birlashgan Yadro tadqiqotlari institutiga 6 oylik malaka oshirish kurslariga jo‘natilgan. Delegatsiya Materialshunoslik instituti faoliyati bilan tanishdi va mazkur muassasada ham “Bulutli informatsion texnologiyalar”ni joriy qilishga kelishib olindi.
Bulutli texnologiyalar (Cloud)
Bu axborotni saqlash va uni qayta ishlash uchun zarur bo‘lgan litsenziyali dasturlarni, axborot tizimi va aloqa vositalarini o‘z ichiga olgan virtual muhitdir.
U foydalanuvchilarning ishini unumli va xavfsiz tizimda ishlashni ta’minlab beradi. Tizimdan dunyoning ixtiyoriy nuqtasida, istalgan paytda foydalanish mumkin.