Rishton kulolchilik mahsulotlari Yekaterinburgga eksport qilinadi
Rishton kulolchilik mahsulotlari Yekaterinburgga eksport qilinadi
Sputnik O‘zbekiston
Rishtonda kulolchilik mahsulotlari sanoat zonasi ish boshladi. Farg‘onalik tadbirkor bu yil kulolchilik mahsulotlarini Yekaterinburgga eksport qiladi. 19.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Farg‘ona viloyati Rishton tumanida kulolchilik mahsulotlari sanoat zonasi ish boshladi.Kulolchilik mahsulotlari sanoat zonasi Rishton tumani Navoiy mahallasida joylashgan sobiq “Badiiy kulolchilik zavodi” negizida tashkil etilgan.Ixtisoslashgan sanoat zonasida umumiy loyiha qiymati 75,8 milliard so‘m bo‘lgan 37 ta chinni va keramika buyumlari ishlab chiqarish va bezak berish korxonasi tashkil etildi, 7200 dan ziyod ish o‘rni yaratildi.Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmatining Sputnik O‘zbekiston muxbiriga xabar berishicha, zonada farg‘onalik tadbirkor “Mingboshi Keramik” oilaviy korxonasi yirik kulolchilik kooperatsiyasini tashkil etgan va Rossiyaning Yekaterinburg shahriga mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha 5 mln. dollarlik eksport shartnomasini imzolagan.Endilikda bunday ixtisoslashgan sanoat zonalari tumanning To‘da, Dahbed, Dehqonobod va boshqa mahallalarida ham tashkil etilmoqda.Hozirda Italiyaning Deruta hamda Turkiyaning Iznik shaharlari bilan Rishton tumani o‘rtasida joriy yilda xalqaro hamkorlik aloqalari ham o‘rnatildi.
Rishtonda kulolchilik mahsulotlari sanoat zonasi ish boshladi. Farg‘onalik tadbirkor bu yil kulolchilik mahsulotlarini Yekaterinburgga eksport qiladi.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Farg‘ona viloyati Rishton tumanida kulolchilik mahsulotlari sanoat zonasi ish boshladi.
Kulolchilik mahsulotlari sanoat zonasi Rishton tumani Navoiy mahallasida joylashgan sobiq “Badiiy kulolchilik zavodi” negizida tashkil etilgan.
Ixtisoslashgan sanoat zonasida umumiy loyiha qiymati 75,8 milliard so‘m bo‘lgan 37 ta chinni va keramika buyumlari ishlab chiqarish va bezak berish korxonasi tashkil etildi, 7200 dan ziyod ish o‘rni yaratildi.
Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmatining Sputnik O‘zbekiston muxbiriga xabar berishicha, zonada farg‘onalik tadbirkor “Mingboshi Keramik” oilaviy korxonasi yirik kulolchilik kooperatsiyasini tashkil etgan va Rossiyaning Yekaterinburg shahriga mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha 5 mln. dollarlik eksport shartnomasini imzolagan.