https://oz.sputniknews.uz/20220519/mirziyoev-japarov-24675550.html
Mirziyoyev Japarov bilan qo‘ng‘iroqlashdi: yetakchilar nimalarni muhokama qilishdi
Mirziyoyev Japarov bilan qo‘ng‘iroqlashdi: yetakchilar nimalarni muhokama qilishdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qirg‘iziston rahbarlari beshta muhim yo‘nalishdagi hamkorlikda aniq natijalarga erishishga alohida e’tibor qaratishdi. 19.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-19T19:01+0500
2022-05-19T19:01+0500
2022-05-19T19:01+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
sadir japarov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/0b/17684520_310:142:895:471_1920x0_80_0_0_615bff6acc5a430b2dee2f393ec98455.jpg
TOShKENT, 19-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.Qayd etilishicha, suhbatda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.Turli darajalarda o‘zaro muloqot va almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Savdo-iqtisodiy hamkorlik kengayib bormoqda – yil boshidan tovar ayirboshlash 30 foizga oshdi.Yetakchilar Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi kun tartibini har tomonlama tayyorlash muhimligini qayd etishdi.Shuningdek, ikki davlat rahbarlari bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdilar.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/0b/17684520_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_7b61e451d5727b6a17024996b41fcf65.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, sadir japarov
siyosat, shavkat mirziyoyev, sadir japarov
Mirziyoyev Japarov bilan qo‘ng‘iroqlashdi: yetakchilar nimalarni muhokama qilishdi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston rahbarlari beshta muhim yo‘nalishdagi hamkorlikda aniq natijalarga erishishga alohida e’tibor qaratishdi.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar bermoqda. Qayd etilishicha, suhbatda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Turli darajalarda o‘zaro muloqot va almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Savdo-iqtisodiy hamkorlik kengayib bormoqda – yil boshidan tovar ayirboshlash 30 foizga oshdi.
“Erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda beshta muhim yo‘nalish – Davlat chegarasiga oid masalalarda, savdo-sotiqni ko‘paytirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, transport va energetika sohalarida qo‘shma infratuzilma loyihalarini ilgari surish borasidagi amaliy hamkorlikda aniq natijalarga erishishga alohida e’tibor qaratildi”, - deyilgan xabarda.
Yetakchilar Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi kun tartibini har tomonlama tayyorlash muhimligini qayd etishdi.
Shuningdek, ikki davlat rahbarlari bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdilar.