Mendeleyev olimpiadasi g‘oliblariga DTM va MGU tomonidan imtiyozlar beriladi

Mejdunarodnaya Mendeleyevskaya olimpiada po ximii
Mejdunarodnaya Mendeleyevskaya olimpiada po ximii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2022
Obuna bo‘lish
Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi g‘oliblarga kirish imtihonlarida kimyo fanidan maksimal ball beriladi hamda Moskva Davlat universitetiga kirishda imtiyozlar beriladi.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Moskva davlat universiteti 56-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi sovrindorlarini imtiyoz asosida o‘qishga qabul qiladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Prezident ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova ma’lum qildi.
"Terma jamoamizdagi barcha g‘oliblarga Davlat test markazi tomonidan kimyo fanidan kirish imtihonlarida maksimum ball beriladi.
Bundan tashqari Moskva davlat universiteti sovrindorlarni imtiyoz asosida o‘qishga qabul qilishi ko‘zda tutilgan", - dedi Sobirova.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 9-15 may kunlari bo‘lib o‘tgan 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida O‘zbekiston jamoasi jami 10ta medalga sazovor bo‘lgan edi. Ulardan 1tasi oltin, 4ta kumush va 5ta bronza. Olimpiadada 16 mamlakatdan 100 ga yaqin maktab o‘quvchilari ishtirok etdi. Ular 28 ta bronza, 18 ta kumush va 9 ta oltin medal uchun kurash olib borishdi.
Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi – yuqori sinf o‘quvchilarining dunyodagi eng katta bellashuvlaridan biri bo‘lib, turli davlatlar milliy olimpiadalari g‘oliblarini birlashtiradi. Bu YuNESKO tomonidan kimyo bo‘yicha maktab o‘quvchilari uchun jahon olimpiadasiga tenglashtirilgan yagona fan olimpiadasidir.
Yangiliklar lentasi
0