https://oz.sputniknews.uz/20220519/it-park-rezidentlari-soni-va-eksporti-hajmi-keskin-oshdi-24667555.html
IT Park rezidentlari soni va eksporti hajmi keskin oshdi
IT Park rezidentlari soni va eksporti hajmi keskin oshdi
Sputnik O‘zbekiston
IT Park rezidentlari eksporti hajmi o‘tgan yilga nisbatan 3,5 baravarga oshib, 17,3 million dollarni tashkil etdi. 19.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-19T16:49+0500
2022-05-19T16:49+0500
2022-05-19T16:49+0500
iqtisod
axborot texnologiyalari (it)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/13/24669128_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_cffb3ee1fdf2fe7941befcf137e649d1.jpg
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Shu yilning 1-chorak yakunlari bo‘yicha IT Park rezidentlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlarning umumiy hajmi 814 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu haqda IT Park xabar berdi.Ta’kidlanishicha, IT Park rezidentlari eksporti hajmi barqaror o‘sishda davom etmoqda. Rezidentlar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlarning hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 186 foizga o‘sgan.“IT Park rezidentlari eksporti hajmi o‘tgan yilga nisbatan 3,5 baravarga oshdi va 17,3 million dollarni tashkil etdi”, - deyiladi xabarda.Shu bilan birga eksportning 85,2 foizi AQShga, qolgani Buyuk Britaniya, Koreya, MDH mamlakatlari va BAAga to‘g‘ri kelmoqda.Yil oxiriga kelib eksport hajmi 100 million dollarga yetishi kutilmoqda.Hozirda rezidentlar soni 588 ta kompaniyani tashkil etmoqda.Bu ko‘rsatgich o‘tgan chorakka nisbatan 130 foizga ko‘p. Ularning 479 tasi Toshkentda, qolgan 109 tasi viloyatlarda ro‘yxatga olingan.Rezidentlar faoliyat yuritayotgan sohalar:Birinchi chorakda 80 ta kompaniya IT Park rezidenti maqomini oldi, shu tariqa, tegishli davrga nisbatan o‘sish sur’ati 200 foizni tashkil etdi.Rezident maqomidan mahrum bo‘lgan kompaniyalar ham yo‘q emas. Ma’lum qilinishicha, 14 ta kompaniya rezident maqomidan mahrum qilingan, 43 tasiga rezident bo‘lish rad etilgan.Shu yilning 1-choragi yakuni bo‘yicha rezident korxonalarda 11,8 ming kishi ish bilan ta’minlandi. Ish o‘rinlari soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 184 foizga ko‘paydi.Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mintaqaviy IT markazga aylanishi kerakligini ma’lum qilgan edi.Ma’lumot uchun, sohada faoliyat yurituvchi kompaniyalar, o‘quv markazlari va rezidentlarga bir qator imtiyozlar berilgan. Ularga daromad solig‘i 7,5% etib belgilangan. Shuningdek, korporativ soliq, yagona ijtimoiy to‘lovlar va o‘z ehtiyojlari uchun tovarlarni olib kirishda bojxona to‘lovlari mavjud emas.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/13/24669128_26:0:1161:851_1920x0_80_0_0_3a813aedb9b769150a2b05bff6ce8c70.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, axborot texnologiyalari (it)
iqtisod, axborot texnologiyalari (it)
IT Park rezidentlari soni va eksporti hajmi keskin oshdi
IT Park rezidentlari eksporti hajmi o‘tgan yilga nisbatan 3,5 baravarga oshib, 17,3 million dollarni tashkil etdi.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Shu yilning 1-chorak yakunlari bo‘yicha IT Park rezidentlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlarning umumiy hajmi 814 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu haqda IT Park
xabar berdi. Ta’kidlanishicha, IT Park rezidentlari eksporti hajmi barqaror o‘sishda davom etmoqda. Rezidentlar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlarning hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 186 foizga o‘sgan.
“IT Park rezidentlari eksporti hajmi o‘tgan yilga nisbatan 3,5 baravarga oshdi va 17,3 million dollarni tashkil etdi”, - deyiladi xabarda.
Shu bilan birga eksportning 85,2 foizi AQShga, qolgani Buyuk Britaniya, Koreya, MDH mamlakatlari va BAAga to‘g‘ri kelmoqda.
Yil oxiriga kelib eksport hajmi 100 million dollarga yetishi kutilmoqda.
Hozirda rezidentlar soni 588 ta kompaniyani tashkil etmoqda.Bu ko‘rsatgich o‘tgan chorakka nisbatan 130 foizga ko‘p. Ularning 479 tasi Toshkentda, qolgan 109 tasi viloyatlarda ro‘yxatga olingan.
Rezidentlar faoliyat yuritayotgan sohalar:
ma’lumotlarni qayta ishlash;
biznes jarayonlarini avtomatlashtirish;
IT sohasi va IT eksportini o‘rgatish.
Birinchi chorakda 80 ta kompaniya IT Park rezidenti maqomini oldi, shu tariqa, tegishli davrga nisbatan o‘sish sur’ati 200 foizni tashkil etdi.
Rezident maqomidan mahrum bo‘lgan kompaniyalar ham yo‘q emas. Ma’lum qilinishicha, 14 ta kompaniya rezident maqomidan mahrum qilingan, 43 tasiga rezident bo‘lish rad etilgan.
Shu yilning 1-choragi yakuni bo‘yicha rezident korxonalarda 11,8 ming kishi ish bilan ta’minlandi. Ish o‘rinlari soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 184 foizga ko‘paydi.
Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mintaqaviy IT markazga aylanishi kerakligini
ma’lum qilgan edi.Ma’lumot uchun, sohada faoliyat yurituvchi kompaniyalar, o‘quv markazlari va rezidentlarga bir qator imtiyozlar berilgan. Ularga daromad solig‘i 7,5% etib belgilangan. Shuningdek, korporativ soliq, yagona ijtimoiy to‘lovlar va o‘z ehtiyojlari uchun tovarlarni olib kirishda bojxona to‘lovlari mavjud emas.