https://oz.sputniknews.uz/20220519/boshqirdiston-rahbari-abdulla-aripov-bilan-uchrashdi-24663316.html
Boshqirdiston rahbari Abdulla Aripov bilan uchrashdi
Boshqirdiston rahbari Abdulla Aripov bilan uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
Uchrashuvda Abdulla Aripov bugungi kunda O‘zbekiston-Rossiya munosabatlari mustahkamlanib, yangi sur’at kasb etayotganini ta’kidladi. 19.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-19T13:17+0500
2022-05-19T13:17+0500
2023-04-05T18:37+0500
iqtisod
o‘zbekiston
hamkorlik
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/13/24663438_0:42:800:492_1920x0_80_0_0_d37fb8c80bba4cf6b0aaa5560c987bbc.jpg
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Boshqirdiston rahbari Radiy Xabirov Toshkentda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashdi. Suhbatdoshlar ikki respublika o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildi.“Rossiya Prezidenti Vladimir Vladimirovich Putin va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev o‘rtasidagi ishonch munosabatlari mamlakatlarimiz, jumladan, hududlararo hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Biz Abdulla Nig‘matovich bilan sanoat, jumladan, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildik”, dedi Radiy Xabirov. Uchrashuvda Abdulla Aripov bugungi kunda O‘zbekiston-Rossiya munosabatlari mustahkamlanib, yangi sur’at kasb etayotganini ta’kidladi.Radiy Xabirovning so‘zlariga ko‘ra, Boshqirdiston O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmini hozirgi 113,3 million dollardan 500 million dollargacha oshirishi mumkin.“O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini bojxona statistikasi nuqtayi nazaridan tahlil qildik. Oxirgi ikki yil ichida, koronavirus pandemiyasiga qaramay, u sezilarli darajada o‘sdi va taxminan 110-115 million dollarni tashkil etdi. O‘ylaymizki, savdo aylanmamiz salohiyati to‘liq ochib berilmagan. Shunday ekan, biz dadil va ishonchli tarzda yarim milliard dollar chegarasini belgilashimiz va shunga intilishimiz kerak”, deya ta’kidladi u.Shu maqsadda Boshqirdiston O‘zbekiston viloyatlari va respublika hukumati vakillaridan iborat ishchi guruh tuzishni taklif qildi. Ishchi guruhga hamkorlikning istiqbolli nuqtalarini tahlil qilish va tegishli yo‘l xaritasini tayyorlash topshiriladi.Shuningdek, Radiy Xabirov O‘zbekistonni Boshqirdistonning eng muhim va kuchli hamkorlaridan biri deb atadi.Ma’lumot uchun, Boshqirdiston hududida O‘zbekiston kapitali ishtirokida 56 ta korxona faoliyat yuritmoqda. 2021-yilda O‘zbekiston savdo aylanmasi bo‘yicha Boshqirdistonning tashqi savdo hamkorlari orasida 11-o‘rinni egalladi.Avvalroq, Boshqirdiston o‘zbek gilamlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi ekani va O‘zbekiston avtosanoati bilan hamkorlik qilishga tayyorligi haqida xabar bergan edik. Radiy Xabirov boshchiligidagi Boshqirdiston delegatsiyasi 16-maydan buyon O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/13/24663438_44:0:756:534_1920x0_80_0_0_e64e63bed21d40195c858e520cf4433d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, hamkorlik, rossiya
iqtisod, o‘zbekiston, hamkorlik, rossiya
Boshqirdiston rahbari Abdulla Aripov bilan uchrashdi
13:17 19.05.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023) Uchrashuvda Abdulla Aripov bugungi kunda O‘zbekiston-Rossiya munosabatlari mustahkamlanib, yangi sur’at kasb etayotganini ta’kidladi.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Boshqirdiston rahbari Radiy Xabirov Toshkentda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashdi. Suhbatdoshlar ikki respublika o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash istiqbollarini
muhokama qildi.
“Rossiya Prezidenti Vladimir Vladimirovich Putin va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev o‘rtasidagi ishonch munosabatlari mamlakatlarimiz, jumladan, hududlararo hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Biz Abdulla Nig‘matovich bilan sanoat, jumladan, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildik”,
dedi Radiy Xabirov.
Uchrashuvda Abdulla Aripov bugungi kunda O‘zbekiston-Rossiya munosabatlari mustahkamlanib, yangi sur’at kasb etayotganini ta’kidladi.
“O‘zbekiston va Boshqirdiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni, sanoat kooperatsiyasini, madaniy-gumanitar hamkorlikni chuqurlashtirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanini qayd etmoqchiman”, dedi bosh vazir.
Radiy Xabirovning so‘zlariga ko‘ra, Boshqirdiston O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmini hozirgi 113,3 million dollardan 500 million dollargacha oshirishi mumkin.
“O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini bojxona statistikasi nuqtayi nazaridan tahlil qildik. Oxirgi ikki yil ichida, koronavirus pandemiyasiga qaramay, u sezilarli darajada o‘sdi va taxminan 110-115 million dollarni tashkil etdi. O‘ylaymizki, savdo aylanmamiz salohiyati to‘liq ochib berilmagan. Shunday ekan, biz dadil va ishonchli tarzda yarim milliard dollar chegarasini belgilashimiz va shunga intilishimiz kerak”, deya ta’kidladi u.
Shu maqsadda Boshqirdiston O‘zbekiston viloyatlari va respublika hukumati vakillaridan iborat ishchi guruh tuzishni taklif qildi. Ishchi guruhga hamkorlikning istiqbolli nuqtalarini tahlil qilish va tegishli yo‘l xaritasini tayyorlash topshiriladi.Shuningdek, Radiy Xabirov O‘zbekistonni Boshqirdistonning eng muhim va kuchli hamkorlaridan biri deb atadi.
Ma’lumot uchun, Boshqirdiston hududida O‘zbekiston kapitali ishtirokida 56 ta korxona faoliyat yuritmoqda. 2021-yilda O‘zbekiston savdo aylanmasi bo‘yicha Boshqirdistonning tashqi savdo hamkorlari orasida 11-o‘rinni egalladi.
Avvalroq, Boshqirdiston o‘zbek gilamlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
ekani va O‘zbekiston avtosanoati bilan hamkorlik qilishga tayyorligi haqida
xabar bergan edik. Radiy Xabirov boshchiligidagi Boshqirdiston delegatsiyasi 16-maydan buyon O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.