Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rostovda "Aydar" komandiri o‘rinbosari hibsga olindi - video

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishRassmotrenie xodataystva ob areste zamkomandira nasbatalona "Aydar" D. Murigi
Rassmotrenie xodataystva ob areste zamkomandira nasbatalona Aydar D. Murigi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2022
Obuna bo‘lish
FSB xodimlari "Aidar" milliy bataloni komandiri o‘rinbosari Denis Murigani Rostov-Don shahrining Leninskiy tuman sudiga kuzatib qo‘yishdi.
TOShKENT, 19-may - Sputnik. Rossiyaning Rostov-na-Donu shahar, Leninskiy tuman sudi Ukrainadagi noqonuniy qurolli tuzilmada ishtirok etganlikda gumon qilinayotgan Denis Murigani hibsga oldi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Xabrada aytilishiga ko‘ra, Muriga Ukrainadagi "Aydar" millatchilar bataloni bo‘linmalaridan birining qo‘mondoni o‘rinbosari bo‘lgan. Aprel oyida u qochqinlar oqimi ichida Rossiyaga kirishga uringan, biroq uning tanib hibsga olishgan.
Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Muryga 2015-yil boshida Lisichanskdagi "Aidar" bo‘linmasi komandirining o‘rinbosari bo‘lgan. Jangari o‘sha yilning mart oyida komandir buyrug‘i bilan LXRdagi ko‘prikni portlatishda ishtirok etganini tan oldi. Portlash vaqtida LXR xalq militsiyasining soqchilari qurbon bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, "Aydar" Ukrainaning Donbassdagi jazolash operatsiyasida qatnashgan millatchi batalonlardan biridir. Ular taqiqlangan urush usullari, asirga tushganlarni qiynoqqa solish, tinch aholiga nisbatan jinoyatlar sodir etish va boshqa ko‘plab jinoyatlarda ayblanadi. Millatchilar bataloni ukrainalik oligarx Igor Kolomoyskiy tomonidan moliyalashtirilgan. Keyinroq Ukraina rahbariyati barcha millatchi batalonlarni Ukraina Qurolli kuchlari safiga qo‘shilgan.
Yangiliklar lentasi
0