https://oz.sputniknews.uz/20220519/alisher-usmonov-rafiqasi-bilan-ajrashyapti-24674974.html
Alisher Usmonov rafiqasi bilan ajrashapti
Alisher Usmonov rafiqasi bilan ajrashapti
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Butunrossiya badiiy gimnastika federatsiyasi prezidenti, Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Irina Viner-Usmonova bilan ajrashishga qaror qildi.
2022-05-19T18:52+0500
2022-05-19T18:52+0500
2022-05-19T18:52+0500
rossiya
alisher usmonov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1339/46/13394668_0:0:2973:1672_1920x0_80_0_0_a1e311bf354dda6508ed76b3a8c866cf.jpg
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Butunrossiya badiiy gimnastika federatsiyasi prezidenti, Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Irina Viner-Usmonova bilan ajrashishga qaror qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.Qayd etilishicha, Moskvaning Krilatsk tumani sudyasi tadbirkorning da’vosini 7-iyun kuni ko‘rib chiqadi. Sudning aniqlik kiritishicha, Usmonov ushbu fuqarolik ishida da’vogar, Viner-Usmonova esa javobgar hisoblanadi. Alisher Usmonov Viner-Usmonova bilan ajrashish uchun birgalikda sotib olingan mulk bo‘yicha hech qanday masala hal etilmaydigan va faqat nikoh rasman buziladigan shaklda ariza bergan. Tomonlar vakillari o‘rtasidagi suhbat bugun bo‘lib o‘tgan, shundan so‘ng er-xotinlarga yakuniy qaror qabul qilish uchun taxminan ikki hafta vaqt berilgan. Ma’lumot uchun, 68 yoshli Usmonov va 73 yoshli Viner-Usmonova 1992-yilda turmush qurgan. Ularning farzandlari yo‘q. "Forbes" ma’lumotlariga ko‘ra, Usmonovning boyligi 15,7 milliard dollarga baholanadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1339/46/13394668_153:0:2884:2048_1920x0_80_0_0_80d40f8db426b559a8e84256848cf0b4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
alisher usmonov irina viner ajrashish
alisher usmonov irina viner ajrashish
Alisher Usmonov rafiqasi bilan ajrashapti
"Forbes" ma’lumotlariga ko‘ra, milliarder Usmonovning boyligi 15,7 milliard dollarga baholanadi.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Butunrossiya badiiy gimnastika federatsiyasi prezidenti, Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Irina Viner-Usmonova bilan ajrashishga qaror qildi. Bu haqda RIA Novosti
xabar bermoqda. Qayd etilishicha, Moskvaning Krilatsk tumani sudyasi tadbirkorning da’vosini 7-iyun kuni ko‘rib chiqadi. Sudning aniqlik kiritishicha, Usmonov ushbu fuqarolik ishida da’vogar, Viner-Usmonova esa javobgar hisoblanadi.
Alisher Usmonov Viner-Usmonova bilan ajrashish uchun birgalikda sotib olingan mulk bo‘yicha hech qanday masala hal etilmaydigan va faqat nikoh rasman buziladigan shaklda ariza bergan.
Tomonlar vakillari o‘rtasidagi suhbat bugun bo‘lib o‘tgan, shundan so‘ng er-xotinlarga yakuniy qaror qabul qilish uchun taxminan ikki hafta vaqt berilgan.
Ma’lumot uchun, 68 yoshli Usmonov va 73 yoshli Viner-Usmonova 1992-yilda turmush qurgan. Ularning farzandlari yo‘q. "Forbes" ma’lumotlariga ko‘ra, Usmonovning boyligi 15,7 milliard dollarga baholanadi.