Yoshlar orasida jahon chempionatida o‘zbekistonlik qiz g‘olib bo‘ldi

© Sputnik / Vladimir AstapkovichRobert Gardosh (Avstriya) v chetvertfinalnom matche po nastolnomu tennisu protiv Aleksandra Shibayeva (Rossiya) na I Yevropeyskix igrax v Baku.
Robert Gardosh (Avstriya) v chetvertfinalnom matche po nastolnomu tennisu protiv Aleksandra Shibayeva (Rossiya) na I Yevropeyskix igrax v Baku. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2022
Obuna bo‘lish
Polshada stol tennisi bo‘yicha yoshlar orasida o‘tkazilgan jahon chempionatida O‘zbekiston vakili oltin medalni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Stol tennisi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakili Asel Erkebayeva Polshada bo‘lib o‘tayotgan musobaqasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Polshada o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan stol tennisi bo‘yicha “WTT Youth Series” musobaqasining navbatdagi bosqichida ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari oltin va bronza medallariga sazovor bo‘lgan.
© NOKAsel Erkebayeva
Asel Erkebayeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2022
Asel Erkebayeva
Bu yilgi turnirlarda U-13 toifasida qatnashgan Asel Erkebayeva hal qiluvchi bellashuvda mezbonlar vakilasi Katarina Rajkovskani 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.
Shuningdek, yarim finalda Aselga imkoniyatni boy bergan boshqa bir o‘zbekistonlik Arujan Kamalova bronza medali bilan taqdirlangan.
Yangiliklar lentasi
0