https://oz.sputniknews.uz/20220518/toshkentning-qadimiy-darvozalarini-qayta-tiklash-ishlari-boshlandi-24640713.html
Toshkentning qadimiy darvozalarini qayta tiklash ishlari boshlandi
Toshkentning qadimiy darvozalarini qayta tiklash ishlari boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Ishchi guruh poytaxtning 12 ta qadimiy darvozalaridan 2 tasini qayta tiklash ishlarini olib bormoqda. 18.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-18T16:15+0500
2022-05-18T16:15+0500
2022-05-18T16:15+0500
jamiyat
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/12/24640663_0:92:1280:812_1920x0_80_0_0_97c60b182750b0f2298f4bb0852cf642.jpg
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Toshkentning 12 ta qadimiy darvozalaridan 2 tasini qayta tiklash ishlari olib borilmoqda. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi. Aytilishicha, qadimiy darvozani tiklashda tarix va arxeologiya sohalarida faoliyat yuritayotgan tajribali ekspertlar va soha mutaxassislari jalb qilingan.Shahar hokimligida tegishli davlat tashkilotlarining mas’ul xodimlaridan iborat Ishchi guruh darvozalarning aniq tarixiy dizayni va loyiha-konsepsiyalarini puxta ishlab chiqish maqsadida uchrashdi. Unda bugungacha bajarilgan ishlar ko‘rib chiqilgan.19 asrga qadar Toshkent shahri 12 ta darvozaga ega kuchli qal’a devori bilan o‘ralgan. Har bir darvoza o‘sha hududning qadimiy nomi, markaziy ko‘chaning nomlanishi yoki qaysi yo‘nalishda joylashganligiga qarab atalgan. Labzak, Taxtapul, Qorasaroy, Sag‘bon, Chig‘atoy, Ko‘kcha, Samarqand, Kamolon, Beshog‘och, Ko‘ymas, Qo‘qon, Qashqar va boshqalar.Ma’lumot uchun, XVIII asrda Toshkentni bosqinchilar hujumidan himoya qilish maqsadida uning atrofi 8−20 metr balandlikdagi devor bilan o‘ralgan. Devorning 12 joyiga o‘rnatilgan darvozalar tongda ochilib, shomda yopilgan.Har bir darvoza kalitida tegishli darvozaning nomi va kalit yasalgan yil yozilgan.1865 yilda Toshkent Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingach, podsho hukumatiga tobelik ramzi sifatida 12 ta darvozaning ramziy oltin kalitlari yasalgan. Kalitlar Sankt-Peterburg harbiy muzeyda saqlangan. Oltin kalitlarni Toshkentning pichoqchilik mahallasida yashovchi Abdurahmon ismli zargar yasagan.1933 yilda tarixiy to‘rtta ramziy kalitlar O‘zbekistonga qaytarib berilgan.Kalitlarning faqat bittasi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida, qolgan 11 tasi O‘zbekiston TIV milliy bankida saqlanmoqda.1890 yilda Toshkentda yangi shahar barpo etila boshlangach, tarixiy darvozalari asta-sekin buzib tashlangan.Uning ayrim darvozalarigina tarixiy obida sifatida Fanlar akademiyasining Tarix muzeyida saqlanmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/12/24640663_38:0:1243:904_1920x0_80_0_0_ca1c1ca05b96dac5b62035d3a9fb5497.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, toshkent
Toshkentning qadimiy darvozalarini qayta tiklash ishlari boshlandi
Ishchi guruh poytaxtning 12 ta qadimiy darvozalaridan 2 tasini qayta tiklash ishlarini olib bormoqda.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Toshkentning 12 ta qadimiy darvozalaridan 2 tasini qayta tiklash ishlari olib borilmoqda. Bu haqda shahar hokimligi
xabar berdi. Aytilishicha, qadimiy darvozani tiklashda tarix va arxeologiya sohalarida faoliyat yuritayotgan tajribali ekspertlar va soha mutaxassislari jalb qilingan.
Shahar hokimligida tegishli davlat tashkilotlarining mas’ul xodimlaridan iborat Ishchi guruh darvozalarning aniq tarixiy dizayni va loyiha-konsepsiyalarini puxta ishlab chiqish maqsadida uchrashdi. Unda bugungacha bajarilgan ishlar ko‘rib chiqilgan.
19 asrga qadar Toshkent shahri 12 ta darvozaga ega kuchli qal’a devori bilan o‘ralgan. Har bir darvoza o‘sha hududning qadimiy nomi, markaziy ko‘chaning nomlanishi yoki qaysi yo‘nalishda joylashganligiga qarab atalgan. Labzak, Taxtapul, Qorasaroy, Sag‘bon, Chig‘atoy, Ko‘kcha, Samarqand, Kamolon, Beshog‘och, Ko‘ymas, Qo‘qon, Qashqar va boshqalar.
Ma’lumot uchun, XVIII asrda Toshkentni bosqinchilar hujumidan himoya qilish maqsadida uning atrofi 8−20 metr balandlikdagi devor bilan o‘ralgan. Devorning 12 joyiga o‘rnatilgan darvozalar tongda ochilib, shomda yopilgan.
Har bir darvoza kalitida tegishli darvozaning nomi va kalit yasalgan yil yozilgan.
1865 yilda Toshkent Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingach, podsho hukumatiga tobelik ramzi sifatida 12 ta darvozaning ramziy oltin kalitlari yasalgan. Kalitlar Sankt-Peterburg harbiy muzeyda saqlangan. Oltin kalitlarni Toshkentning pichoqchilik mahallasida yashovchi Abdurahmon ismli zargar yasagan.
1933 yilda tarixiy to‘rtta ramziy kalitlar O‘zbekistonga qaytarib berilgan.
Kalitlarning faqat bittasi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida, qolgan 11 tasi O‘zbekiston TIV milliy bankida saqlanmoqda.
1890 yilda Toshkentda yangi shahar barpo etila boshlangach, tarixiy darvozalari asta-sekin buzib tashlangan.
Uning ayrim darvozalarigina tarixiy obida sifatida Fanlar akademiyasining Tarix muzeyida saqlanmoqda.