Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Tomir tortishi qanday kasallikning alomati bo‘lishi mumkin?

© Depositphotos.com / K.D.PDevushka potirayet ustavshie nogi
Devushka potirayet ustavshie nogi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2022
Obuna bo‘lish
Shifokor tomir tortishi qaysi kasalliklar alomati bo‘lishi mumkinligini aytdi.
Shifokor –nevrolog, tibbiyot fanlari doktori Gennadiy Jdanov tomir tortishi qaysi kasalliklar alomati bo‘lishi mumkinligini aytdi. Bu haqida RIA Novosti ma’lum qildi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, tomir tortishi jins, yoshdan qat’iy nazar barchada kuzatilishi mumkin. Biroq 65 yoshdan so‘ng u tez-tez sodir bo‘ladi.
“Odatda tomir tortishi tunda, uyqu vaqtida, undan oldin yoki tongda, uyg‘ongandan so‘ng sodir bo‘ladi. Bir necha soniya va daqiqa davom etishi mumkin. Tomir tortishidan keyingi og‘riq va noqulayliklar bir necha soat va kunga davom etish ehtimoli bor. Tortishish tananing har bir a’zosida bo‘lishi mumkin. Odatda, oyoq, qo‘l, qorin old devori va qovurg‘a orasi mushaklarida kuzatiladi. Statistikaga ko‘ra, 75% tomir tortishi tungi vaqtda, oyoq sohasida sodir bo‘ladi”,- deydi shifokor.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, tomir tortishiga quyidagilar sabab bo‘ladi:
suvsizlanish;
sovuq qotish;
sho‘r ovqat iste’mol qilish;
mushaklarning ortiqcha yuklama bilan ishlashi;
tananing uzoq vaqt noqulay holatda turishi;
noto‘g‘ri poyabzal kiyish yoki yassioyoqlilik;
vitaminlar yetishmasligi;
spirtli ichimliklar;
chekish;
ovqatdan zaharlanish.
Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, tomir tortishi varikoz, oyoq arteriyalari aterosklerozi, yurak faoliyatining buzilishi, qalqonsimon bez, bo‘yrak kasalliklarining alomati bo‘lishi mumkin. Shuningdek, semizlik va infeksion kasalliklar sabab ham tomir tortadi.
Mutaxassis bunda qanday choralar ko‘rish borasida ham tavsiyalar bergan. Agar oyoq mushaklari qattiq tortilgan bo‘lsa, ikkala qo‘l bilan oyoq barmoqlarini mahkam ushlash va o‘ziga tortish kerak - bu bilan barmoqlar va mushaklardagi tortishishni yo‘qotish mumkin. Shuningdek, tortilgan tomirni chimchilab qo‘yish yoki massaj qilish ham yaxshi natija beradi. Tortishish o‘tgandan so‘ng, qon aylanishi va takrorlanish xavfini kamaytirish uchun oyoqlarni ko‘targan holda yotish lozim.
Tomir tortishini oldini olish uchun shifokor o‘rtacha jismoniy faollik, ish va dam olish rejimiga rioya qilishni maslahat bergan. Bundan tashqari, tarkibida kalsiy, magniy va kaliy bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilish, yog‘li, achchiq, juda shirin va sho‘r taomlarni iste’mol qilishdan tiyilish lozim. Muntazam massaj va qulay poyabzal ham noxush holatning oldini oladi.
Yangiliklar lentasi
0