Rossiyaning Donbassdagi hujumi: yangi hududlar va istiqbollar

© Press-slujba SVO RFRossiyskie voyennie unichtojili uslovnix terroristov v gorax Tadjikistana
Rossiyskie voyennie unichtojili uslovnix terroristov v gorax Tadjikistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya qo‘shinlari taktik va texnologik jihatdan ham jang maydonida ustunlik qilyapti va ko‘zlangan maqsadlarga erishilayotganini sezish mumkin.
AQShning Kiyevga ko‘p milliard dollarlik harbiy yordamiga qaramay, Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlarining maxsus operatsiyasi muvaffaqiyatli davom etapti, deya ta’kidlaydi Sputnik harbiy sharhlovchisi Aleksandr Xrolenko.
Rossiya qo‘shinlari taktik va texnologik jihatdan ham jang maydonida ustunlik qilyapti va ko‘zlangan maqsadlarga erishilayotganini sezish mumkin. Ukraina Qurolli Kuchlarning mag‘lubiyati muqarrar.
16 mingga yaqin ukrainalik askarlar Severodonesk va Lisichansk yaqinida dushmanning yopiq doirasiga tushib qolgan. Motorli miltiqchilar, tankchilar, artilleriyachilar, maxsus kuchlar bo‘linmalari, armiya aviatsiyasi, Rossiya Havo-kosmik kuchlari va dengiz floti Donbassdagi Ukraina Qurolli Kuchlari guruhini uslubiy ravishda yo‘q qilmoqda.
Harbiy infratuzilma obyektlariga - Ukraina Qurolli Kuchlarining operatsion orqa qismining bor chuqurligiga raketa zarbalarining shiddati oshib borapti. Kecha Lvov viloyatida - Polsha chegarasidan 20 km uzoqlikda joylashgan dislokatsiya punktlari va arsenallarga zarba berildi. Bugun Baxmutdagi Ukraina Qurolli kuchlari qurol-yarog‘i ombori bo‘lgan zavod kalibr zarbaridan vayron bo‘ldi. Natija Vezuviy vulqonining otilishiga o‘xshaydi.
G‘arbning Kiyev rejimiga ko‘rsatayotgan harbiy yordami hech narsani o‘zgatirayotgani yo‘q - NATO qurollari Ukraina hududida intensiv ravishda yo‘q qilinyapti. Yuqori aniqlikdagi “kalibrlar” va “onikslar” ning parvozlari Nikolayev va Odessa viloyatlarida tez-tez kuzatilyapti. Bu Rossiya maxsus operatsiyasining yozgi davr uchun ustuvor yo‘nalishlarini prognoz qilish imkonini beradi.
Yirik havo zarbalari UQK bo‘linmalari qarshi hujumga o‘tmoqchi bo‘lgan Xarkov viloyati shimolidagi dushman pozitsiyalariga ham berilmoqda. Ukraina qo‘shinlarining Izum, Zaporojye va Xerson yo‘nalishlarida hujumga urinishlari ham muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. Harbiylar va texnikaning katta yo‘qotishlari bilan yakunlandi.
Ukraina qo‘shinlarining jangovar kayfiyati kundan-kunga pasaymoqda va kechagi “Azov” natsist tuzilmasidan (“Azovstal” kombinat podvallaridan) 256 nafar “kiborg”ning “qahramonlarcha” taslim bo‘lishi Ukraina Qurolli Kuchlari va Milliy Gvardiya askarlari uchun namuna bo‘ladi. 5 mingga yaqin ukrainalik harbiylar allaqachon asirlikda saqlanmoqda.
Avvalroq amerikalik harbiy maslahatchi, maxsus operatsiya kuchlarining sobiq qo‘mondoni, admiral Erik Olsen Rossiya qo‘shinlariga taslim bo‘lgan edi. 15-may kuni Rubejnoyeda yana yetti nafar Amerika maxsus kuchlari (yollanma askarlar) o‘ldirildi. Donbassdagi uch nafar britaniyalik harbiy maslahatchilarning taqdiri noma’lum.
Bularning fonida, Bundesver generali Erix Vad (Angela Merkelning sobiq maslahatchisi) shunday deydi: rus harbiylari jangovar harakatlar yo‘nalishini aniqlaydi va 100 ming kishilik kuch bilan “Donbassda 500 km uzunlikdagi frontda oldinga harakat qilishmoqda”. Ya’ni, raqamlar bilan emas, balki, rus qurollarining mahorati va texnologik ustunligi bilan g‘alaba qozoniladi.

G‘arb yordam bermaydi

Ukraina ikki oy mobaynida AQSh va NATO arsenallarini vayron qildi - uzoq muddatli zaxiralar yonib ketdi, natijalardan esa darak yo‘q.
Amerikaliklarga “Javelin” va “Stinger”lar zaxirasini tiklash uchun ikki yildan besh yilgacha vaqt kerak bo‘ladi. Shu bilan birga, Kiyev orqali tranzit o‘tayotgan Amerika qurollarining katta qismi Afrika mamlakatlariga borib qoldi - shunchaki biznes.
Biroq, butun dunyo bo‘ylab nazoratsiz tarqatilayotgan Stinger ko‘chma zenit raketa kompleksi, Javelin tankga qarshi tizimlari va NLAW Shvetsiya-Britaniya ko‘chma tankga qarshi boshqariladigan raketalar tez orada NATO davlatlari hududidan terrorchilar qo‘liga o‘tishi mumkin.
Boshqa tomondan, Ukraina G‘arb qurollarining obro‘sini yo‘q qilyapti. Qo‘mondonlik taqiqlariga qaramay, Ukraina harbiy xizmatchilari eskirgan, mustahkam bo‘lmagan va samarasiz G‘arb qurollari - Amerika M113 zirhli transport vositalarini, Britaniya havoga qarshi mudofaa harbiy texnikasi, Polsha va Chexiya tanklari, o‘ziyurar qurollar, granata otish moslamalari, hatto “Javelin” tankga qarshi raketa tizimlarini faol tanqid qilishmoqda.
Yaqinda butun dunyodan yig‘ilgan va NATO davlatlari tomonidan Kiyev rejimiga topshirilgan Varshava shartnomasi davridagi samolyotlar va havo mudofaa tizimlari Shimoliy Atlantika alyansi shtab-kvartirasi qo‘mondonligi ostida bir joydan ikkinchi joyga aylanib yuribdi. Ular NATO razvedkasining maqsadli nishonlariga, ya’ni passiv rejimda o‘q uzish pozitsiyasiga o‘tkaziladi. Radiolokatsion podsvetkalarni raketalar puskidan oldin qo‘shib qo‘yishmoqda.
Va shunga qaramay, Rossiya harbiy-kosmik kuchlari va Rossiya Havo mudofaasi Ukraina havo hududini to‘liq nazorat qilmoqda. Maxsus operatsiya davomida Rossiya zenit-raketa tizimlarining eng yuqori samaradorligi tekshirildi va texnologik jihatdan nomukammal Amerika BPLA MQ-9 Reaper yaroqsiz holga keldi. Ukraina osmonida Turkiyaning “Bayraktar-TB2” obro‘si yo‘qoldi - bu turdagi o‘nlab uchuvchisiz samolyotlar urib tushirilmoqda.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon Ukraina Qurolli Kuchlarining: 168 ta samolyot, 125 ta vertolot, 912 ta uchuvchisiz uchish apparati, 309 zenit-raketa kompleksi, 3134 tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 385 ta zalp olovi reaktiv tizimlari, 1542 dala artilleriya qurollari yo‘q qilindi.
Vashingtonning Rossiyaga qarshi axborot urushi, AQSh yuqori martabali amaldorlarining Ukrainaning NATOga tez fursatda a’zo bo‘lishi mumkinligi haqidagi bema’ni bayonotlari, Britaniya razvedkasining Rossiya maxsus operatsiyasining go‘yoki ma’lum bir “jadvaldan ortda qolayotgani” haqidagi to‘qimalari, Kiyev rejimining UQKni iyuldagi hujumi haqidagi orzulari - bularning barchasi oshkoralikni yashira olmaydi: Ukrainadagi “Baydenning Putinga qarshi salib yurishi” muvaffaqiyatsizlikka uchrayapti.
Boshqacha bo‘lishi mumkin emas edi. G‘arbning maqsadi – “Rossiyaning Ukrainadagi mojarodan g‘olib chiqmasligi”ga - aslida erishib bo‘lmaydi. AQSh allaqachon navbatdagi strategik mag‘lubiyatga uchragan va Yevropadagi ittifoqchilar bu Amerika gegemoniyasining tugashini anglab yetapti. Yangi dunyo - teng va bo‘linmas xavfsizlik tartibini Rossiya bugun yaratmoqda.
Yangiliklar lentasi
0