Qorasuv-Bo‘ka-Bekobod yo‘lida harakat vaqtincha cheklandi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishRemont asfaltobetonnogo pokritiya
Remont asfaltobetonnogo pokritiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2022
Obuna bo‘lish
Qorasuv-Bo‘ka-Bekobod yo‘lida harakat vaqtincha cheklandi, lekin yo‘l to‘liq yopilmaydi. Yengil avtomobillar harkatlanishi mumkin.
TOShKENT, 18-may - Sputnik. Qorasuv-Bo‘ka-Bekabod avtomobil yo‘lining Nurafshon shahridan o‘tgan qismida avtotransport harakati qisman cheklanadi, deb xabar qilmoqda Nurafshon shahar hokimligi.
Toshkent viloyatining avtomobil yo‘llarida xafsizlikni ta’minlash, jamoatchilik tartibini saqlash maqsadida, 4R 20 “Qorasuv-Bo‘ka-Bekabod” xalqaro avtomobil yo‘lining 7 km qismida joylashgan avtoyo‘l o‘tkazgichida ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli joriy yilning 18-may kunidan mazkur yo‘nalishda vaqtinchalik avtotransportlar qatnovi cheklanadi. Haydovchilarga mazkur hududdagi ichki yo‘llardan foydalanishlari uchun barcha qulayliklar yaratiladi, - deyilgan Nurafshon shahar hokimligi xabarida.

Yo‘l to‘liq yopilmaydi, bir tomonlama harakat ochiq bo‘ladi, yengil avtomobillar o‘tishi mumkin, lekin yuk mashinalari qo‘yilmaydi. Bekoboddan kelayotganlar avtomobillar ko‘prikka yetmay o‘nga Nurafshonga kirib, Tekistil oldidan Ohangoron trassaga chiqadi. Toshkentdan kelayotganlar Alimkent orqali yuradi, - deb ma’lum qilishdi Sputnik muxbiriga Nurafshon shahar hokimligi.

Hokimlik xabariga ko‘ra, ta’mirlash ishlari qachon tugatilishi hozircha noma’lum, bu bilan viloyat mintaqa yo‘l ta’mirlash bo‘limlari shug‘ullanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0