https://oz.sputniknews.uz/20220518/ozbekistonga-al-buxoriy-va-at-termiziy-qolyozmalarining-elektron-nusxalari-olib-kelindi-24644658.html
O‘zbekistonga al-Buxoriy va at-Termiziy qo‘lozmalarining elektron nusxalari olib kelindi
O‘zbekistonga al-Buxoriy va at-Termiziy qo‘lozmalarining elektron nusxalari olib kelindi
Sputnik O‘zbekiston
Al-Aqso masjidi kutubxonasidan olib kelingan nodir qo‘lozmalardan tashqari Buxoro yahudiylari uyushmasiga tegishli hujjatlar to‘plami ham keltirilgan. 18.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-18T17:44+0500
2022-05-18T17:44+0500
2022-05-18T17:44+0500
madaniyat
kitob
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/673/91/6739179_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_0263cab77f7ec963123c3629e7297aa4.jpg
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Isroildagi Al-Aqso masjidi kutubxonasida saqlanayotgan Imom al-Buxoriy va Iso at-Termiziyning nodir qo‘lozmalari elektron nusxasi O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zarxiv” agentlik axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev ma’lum qildi.Qo‘lozmalarning elektron nusxalaridan tashqari Isroil davlat arxivi saqlovidagi Buxoro yahudiylari uyushmasiga tegishli hujjatlar to‘plami (1940-1960 y.) va O‘zbekistonning ilk mustaqillik bayrami bilan tabriknoma va tabrik uchun bildirilgan tashakkurnoma xatlar to‘plami (1992 y.) nusxalari olib kelingan.“Agentlik 12 ta xorijiy davlatning manfaatdor tashkilotlari bilan 15 ta ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlik hujjatlarini imzoladi. Ular orasida Rossiya, Qozog‘iston, Misr, Ukraina, Koreya, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Vengriya, Isroil Davlati, Polsha, AQSh kabi davlatlarning nufuzli arxiv va muzey idoralari bor”, - deydi Anvarjon Aliyev.Hozirda ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekiston hududiga evakuatsiya qilinganlar taqdiriga aloqador ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan arxiv hujjatlarini kataloglashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.Bundan tashqari, Turkiya tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekiston-Turkiya aloqalari hujjatlarda” nomli kitob-albom nashrga tayyorlanmoqda.Agentlik Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) ishtirokchi davlatlari arxiv xizmatlari rahbarlarining Maslahat kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi MDH Iqtisodiy kengashining qaroriga rasman qo‘shilgan.Agentlik tizimidagi milliy arxivlar va davlat arxivlari o‘quv zallariga Rossiya, Isroil, Germaniya, Kanada, Polsha, Avstriya, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi xorijiy mamlakatlardan jami 25 ga yaqin tadqiqotchi tashrif buyurgan. Ular o‘zlarining tadqiqot ishlari bo‘yicha tegishli arxiv materiallaridan foydalangan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/673/91/6739179_150:0:1050:675_1920x0_80_0_0_05c097a005796a1be0c641e83164d43e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, kitob
O‘zbekistonga al-Buxoriy va at-Termiziy qo‘lozmalarining elektron nusxalari olib kelindi
Al-Aqso masjidi kutubxonasidan olib kelingan nodir qo‘lozmalardan tashqari Buxoro yahudiylari uyushmasiga tegishli hujjatlar to‘plami ham keltirilgan.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Isroildagi Al-Aqso masjidi kutubxonasida saqlanayotgan Imom al-Buxoriy va Iso at-Termiziyning nodir qo‘lozmalari elektron nusxasi O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zarxiv” agentlik axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev
ma’lum qildi. Qo‘lozmalarning elektron nusxalaridan tashqari Isroil davlat arxivi saqlovidagi Buxoro yahudiylari uyushmasiga tegishli hujjatlar to‘plami (1940-1960 y.) va O‘zbekistonning ilk mustaqillik bayrami bilan tabriknoma va tabrik uchun bildirilgan tashakkurnoma xatlar to‘plami (1992 y.) nusxalari olib kelingan.
“Agentlik 12 ta xorijiy davlatning manfaatdor tashkilotlari bilan 15 ta ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlik hujjatlarini imzoladi. Ular orasida Rossiya, Qozog‘iston, Misr, Ukraina, Koreya, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Vengriya, Isroil Davlati, Polsha, AQSh kabi davlatlarning nufuzli arxiv va muzey idoralari bor”, - deydi Anvarjon Aliyev.
Hozirda ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekiston hududiga evakuatsiya qilinganlar taqdiriga aloqador ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan arxiv hujjatlarini kataloglashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, Turkiya tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekiston-Turkiya aloqalari hujjatlarda” nomli kitob-albom nashrga tayyorlanmoqda.
Agentlik Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) ishtirokchi davlatlari arxiv xizmatlari rahbarlarining Maslahat kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi MDH Iqtisodiy kengashining qaroriga rasman qo‘shilgan.
Agentlik tizimidagi milliy arxivlar va davlat arxivlari o‘quv zallariga Rossiya, Isroil, Germaniya, Kanada, Polsha, Avstriya, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi xorijiy mamlakatlardan jami 25 ga yaqin tadqiqotchi tashrif buyurgan. Ular o‘zlarining tadqiqot ishlari bo‘yicha tegishli arxiv materiallaridan foydalangan.