https://oz.sputniknews.uz/20220518/ozbekistondagi-eng-ommabop-muzeylari-malum-boldi-24633136.html
O‘zbekistonning eng ommabop muzeylari ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonning eng ommabop muzeylari ma’lum bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xiva va Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan muzeylar eng ommabop muzeylar top 5 taligiga kirdi. 18.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-18T11:30+0500
2022-05-18T11:30+0500
2022-05-18T12:08+0500
madaniyat
turizm
muzey
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/12/18782578_0:94:1000:657_1920x0_80_0_0_d738a672fd6499b8742c57f6f481532e.jpg
TOShKENT, 18-may — Sputnik. O‘zbekistondagi eng ommabop muzeylar top 5 taligida Samarqand davlat badiiy muzey qo‘riqxonasi birinchilikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi. Eng ko‘p tashrif buyuruvchilarga ega bo‘lgan top 5 ta muzeylar:1. Samarqand davlat badiiy muzey qo‘riqxonasi – 683,9 ming kishiMuzey-qo‘riqxona 1982-yilda tashkil topgan. Uning tarkibiga 8 ta muzey, 6 ta tarixiy obida va 2 ta ziyoratgoh kiradi. Muzey-qo‘riqxona fondlarida 211 mingdan ortiq eksponatlar saqlanmoqda.2. Buxoro davlat badiiy me’morchilik muzey qo‘riqxonasi – 399,4 ming kishiMuzey 1922-yilda tashkil topgan. Muzey qo‘riqxona jamg‘armasi 63 mingdan ortiq. Umumiy maydoni 8320 kv. m teng. Muzey qo‘riqxonaning 94 zalida 28 ta mustaqil ekspozitsiya Buxoroning rivojlanish bosqichlari, jahon sivilizatsiyasi, ma’naviy madaniyati va diniy qadriyatlariga qo‘shgan hissasi va hozirgi kunda erishilgan muvaffaqiyatlaridan hikoya qiladi.3. Xivadagi "Ichan-Qala" majmuasi – 211,9 ming kishiArxeologik qazishmalar natijasiga ko‘ra, “Ichan qal’a” hududi eramizdan avvalgi V asrda paydo bo‘lgan. Ichan qal’a-O‘rta Osiyodagi yirik va noyob me’moriy yodgorlik hisoblanadi. Tarixiy qal’a ko‘plab me’moriy yodgorliklarni o‘z ichiga olgan. Unga 4 ta darvoza (Bog‘cha darvoza, Polvon darvoza, Tosh darvoza, Ota darvoza)dan kirilgan. 4. Temuriylar tarixi davlat muzeyi – 86,5 ming kishiMuzey 1996-yil Sohibqiron tavalludining 660-yilligi munosabati bilan Amir Temur hiyoboniga tutash hududda barpo etilgan. Muzeyning balandligi 31, diametri 70 metr. Muzey gumbazini yoritib turgan “Zumrad” deb nomlangan qandilning og‘irligi ikki tonnadan oshadi. Muzeyda Markaziy Osiyoning ilk Uyg‘onish davridan to Sohibqiron davrigacha va temuriylar hayotidan hikoya qiluvchi eksponatlar, rang-barang osori atiqalar o‘rin olgan. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi I.V. Saviskiy nomidagi davlat muzeyi – 48,3 ming kishiUshbu muzey dunyoda qiymati bo‘yicha Sankt-Peterburgdagi Davlat Rus muzeyidan keyin ikkinchi rus avangardi kolleksiyasiga ega. Muzeyda arxeologik meros obyektlarining yirik kolleksiyasi, shuningdek Markaziy Osiyoning xalq, amaliy va zamonaviy san’at asarlari ham saqlanadi.Muzey 1966-yilda tashkil etilgan bo‘lib, u yerda 100 000ga yaqin san’at asarlari va artefaktlar mavjud. Bugungi kunda Respublika muzeylari fondlarida jami 2 553 056 ta muzey ashyosi va kolleksiyasi mavjud.Eslatib o‘tamiz, 1-yanvar holatiga O‘zbekistondagi muzeylar soni 127 tani tashkil etib, muzeylarga o‘tgan yilda 3 158 928 nafar mahalliy va xorijiy sayyoh tashrif buyurgan.Bugun Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan barcha muzeylar tashrif buyuruvchilar uchun bepul xizmat ko‘rsatadi.
https://oz.sputniknews.uz/20210518/etti-mojiza-ozbekistonning-qadriga-etilmagan-muzeylari--18784324.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/12/18782578_0:0:1000:750_1920x0_80_0_0_a727f296814d0bc9e0315ff076db8dd6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, turizm, muzey
O‘zbekistonning eng ommabop muzeylari ma’lum bo‘ldi
11:30 18.05.2022 (yangilandi: 12:08 18.05.2022) Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xiva va Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan muzeylar eng ommabop muzeylar top 5 taligiga kirdi.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. O‘zbekistondagi eng ommabop muzeylar top 5 taligida Samarqand davlat badiiy muzey qo‘riqxonasi birinchilikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi
xabar berdi.
Eng ko‘p tashrif buyuruvchilarga ega bo‘lgan top 5 ta muzeylar:
1. Samarqand davlat badiiy muzey qo‘riqxonasi – 683,9 ming kishi
Muzey-qo‘riqxona 1982-yilda tashkil topgan. Uning tarkibiga 8 ta muzey, 6 ta tarixiy obida va 2 ta ziyoratgoh kiradi. Muzey-qo‘riqxona fondlarida 211 mingdan ortiq eksponatlar
saqlanmoqda.2. Buxoro davlat badiiy me’morchilik muzey qo‘riqxonasi – 399,4 ming kishi
Muzey 1922-yilda tashkil topgan. Muzey qo‘riqxona jamg‘armasi 63 mingdan ortiq. Umumiy maydoni 8320 kv. m teng. Muzey qo‘riqxonaning 94 zalida 28 ta mustaqil ekspozitsiya Buxoroning rivojlanish bosqichlari, jahon sivilizatsiyasi, ma’naviy madaniyati va diniy qadriyatlariga qo‘shgan hissasi va hozirgi kunda erishilgan muvaffaqiyatlaridan
hikoya qiladi.
3. Xivadagi "Ichan-Qala" majmuasi – 211,9 ming kishi
Arxeologik qazishmalar natijasiga ko‘ra, “Ichan qal’a” hududi eramizdan avvalgi V asrda paydo bo‘lgan. Ichan qal’a-O‘rta Osiyodagi yirik va noyob me’moriy yodgorlik hisoblanadi. Tarixiy qal’a ko‘plab me’moriy yodgorliklarni o‘z ichiga olgan. Unga 4 ta darvoza
(Bog‘cha darvoza, Polvon darvoza, Tosh darvoza, Ota darvoza)dan
kirilgan. 4. Temuriylar tarixi davlat muzeyi – 86,5 ming kishi
Muzey 1996-yil Sohibqiron tavalludining 660-yilligi munosabati bilan Amir Temur hiyoboniga tutash hududda barpo etilgan. Muzeyning balandligi 31, diametri 70 metr. Muzey gumbazini yoritib turgan “Zumrad” deb nomlangan qandilning og‘irligi ikki tonnadan oshadi. Muzeyda Markaziy Osiyoning ilk Uyg‘onish davridan to Sohibqiron davrigacha va temuriylar hayotidan hikoya qiluvchi eksponatlar, rang-barang osori atiqalar
o‘rin olgan.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi I.V. Saviskiy nomidagi davlat muzeyi – 48,3 ming kishi
Ushbu muzey dunyoda qiymati bo‘yicha Sankt-Peterburgdagi Davlat Rus muzeyidan keyin ikkinchi rus avangardi kolleksiyasiga ega. Muzeyda arxeologik meros obyektlarining yirik kolleksiyasi, shuningdek Markaziy Osiyoning xalq, amaliy va zamonaviy san’at asarlari ham saqlanadi.
Muzey 1966-yilda tashkil etilgan bo‘lib, u yerda 100 000ga yaqin san’at asarlari va artefaktlar
mavjud. Bugungi kunda Respublika muzeylari fondlarida jami 2 553 056 ta muzey ashyosi va kolleksiyasi mavjud.
Eslatib o‘tamiz, 1-yanvar holatiga O‘zbekistondagi muzeylar soni 127 tani tashkil etib, muzeylarga o‘tgan yilda 3 158 928 nafar mahalliy va xorijiy sayyoh tashrif buyurgan.
Bugun Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan barcha muzeylar tashrif buyuruvchilar uchun bepul
xizmat ko‘rsatadi.