Muomaladagi naqd pul miqdori rekord darajada ko‘paydi

© Sputnik / Zafar XalilovSum
Sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2022
Obuna bo‘lish
Muomaladagi naqd pul miqdori o‘tgan oyga nisbatan 5,3 trln so‘mga ko‘payib, 2013-yildan beri rekord darajaga yetdi.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Joriy yilning 1-may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda muomaladagi naqd pul miqdori 33,1 trln so‘mga teng bo‘ldi. Bundan Markaziy bank keltirgan raqamlar darak bermoqda.
Shu tariqa muomaladagi naqd pul miqdori o‘tgan oyga nisbatan 5,3 trln so‘mga ko‘payib, 2013-yildan beri rekord darajaga yetgan.
Bundan avvalgi eng ko‘p miqdor 2020-yilning avgustiga to‘g‘ri keladi. O‘shanda muomaladagi naqd pul miqdori 29,5 trln so‘m bo‘lgan.
O‘tgan oyda faqatgina naqd pul emas, balki pul agregatlarining deyarli barcha komponentlari sezilarli darajada o‘sgan.
1 may holatiga ko‘ra, keng ma’nodagi pul massasi 12,5 trln so‘mga oshgan holda 145,2 trln so‘mni tashkil qildi. Milliy valyutadagi pul massasi esa 12,9 trln so‘mga ko‘payib, 101,3 trln so‘m bo‘lgan.
Pul massasining o‘sishi vakillik hisobvaraqlaridagi qoldiqlarning o‘sishiga ham turtki bo‘lgan. Ushbu qoldiq oy davomida 6,3 trln so‘mga o‘sgan va 21,8 trln so‘mga yetgan.
Soliq tushumlari oshdi
Yangiliklar lentasi
0