Mo‘ynoqqa borib ishlagan shifokor oyligiga 200% ustama to‘lanadi
© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishVaksinatsiya migrantov ot COVID-19 na territorii TS "Sadovod"
© Sputnik / Vitaliy Belousov
/ Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘iston Respublikasiga borib ishlaydigan shifokorlarning maoshiga har oy qo‘shimcha 100 va 200 foiz miqdorida ustama to‘lab beriladi.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Mo‘ynoqga borib ishlaydigan shifokorlarga davlat 200 foiz miqdorida qo‘shimcha har oylik ustama to‘lovlarini to‘lab beradi. Bu haqda prezident imzolagan tibbiyot xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga oid farmonida nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, 1-iyundan boshlab oliy va birinchi malaka toifali tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining maoshiga 15 foiz, ikkinchi malaka toifasi bor yoki bo‘lmagan, shuningdek, boshqa tibbiyot va farmatsevtika xodimlariniki 10 foiz hamda boshqa xodimlarning oylik maoshi 15 foizgaoshiriladi.
Shuningdek, davlat tibbiyot muassasasining yuqori malakali, alohida natijaga erishgan, halol va vijdonan ishlayotgan tibbiyot hamda farmatsevtika xodimlariga oylik lavozim maoshining 100 foizigachahamda boshqa xodimlarga 75 foizigacha oylik ustamalar to‘lab beriladi.
Yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlar 1 million so‘mgacha maxsus oylik ustamalar oladi.
Oilaviy shifokor punktlari, poliklinikalarda kunduzgi statsionar ish vaqtini soat 20:00 gacha uzaytirish hisobiga ikkinchi smenada ishlovchi shifokor hamda hamshiralarga 30 foizigacha oylik qo‘shimcha ustamalarto‘lanadi.
Yuqori texnologik murakkab operatsiyalarni bajargan shifokor-xirurglar lavozim maoshining 25 foizi miqdorida qo‘shimcha ustama oladi.
1 sentabrdan boshlab davolash-profilaktika muassasalarining xodimlariga fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasi uchun lavozim maoshining 60 foizigachava fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun lavozim maoshining 30 foizigacha miqdorda har oylik qo‘shimcha haq to‘lanadi.
Belgilab qo‘yilsinki, 2022 yil 1-iyuldan boshlab viloyatlar hamda Toshkent shahridan, shuningdek, xorijiy davlatlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxtako‘pir, Chimboy, Qorao‘zak, Bo‘zatov, Shumanay, Qo‘ng‘irot tumanlariga borib ishlovchi shifokorlarning oylik lavozim maoshiga dastlabki uch yil davomida 100 foiz, Mo‘ynoq tumanida esa 200 foiz miqdorida qo‘shimcha har oylik ustama to‘lovlari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘lanadi, - deyilgan farmonda.
Shifokor ushbu ustamani olish uchun boshqa hududda kamida ikki yil ishlagan hamda kamida ikkinchi darajali malaka toifasiga ega bo‘lgan bo‘lishi lozim.
Qolaversa, barcha tibbiyot xodimlari dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tkaziladi. Tibbiyot xodimlarini yilda bir marta teatr va konsert tomoshalariga bepul olib borish tizimi tashkil etiladi.