https://oz.sputniknews.uz/20220518/evropa-taqdiri-erdogan-omma-oldida-finlyandiya-va-shvetsiyaning-obrosini-tokmoqda-24644956.html
Yevropa taqdiri: Erdog‘an omma oldida Finlyandiya va Shvetsiyaning obro‘sini to‘kmoqda
Yevropa taqdiri: Erdog‘an omma oldida Finlyandiya va Shvetsiyaning obro‘sini to‘kmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Uzoq yillar davomida betaraflikni saqlab kelgan Yevropaning ikki davlati umri tugab borayotgan tizim uchun o‘zini qurbon qilishga qaror qildi. Butun Yevropa taqdiri... 18.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-18T22:00+0500
2022-05-18T22:00+0500
2022-05-18T22:00+0500
kolumnistlar
finlyandiya
shvetsiya
nato
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/246/94/2469430_0:7:2201:1245_1920x0_80_0_0_fe02fb160c25b3afe2fba63e1dae21e1.jpg
Bugun Finlyandiya va Shvetsiyaning birgalikda NATOga a’zo bo‘lish uchun rasmiy ariza topshirishi kutilmoqda.Bir necha kun oldin Vladimir Putin finlyandiyalik hamkasbini va shu bilan birga butun G‘arbni ushbu qarorga xotirjam munosabatda bo‘lgani bilan hayratda qoldirdi - munosabat “kutilganidan ham vazminroq” o‘zini to‘tgan edi.Endi esa, Rossiya prezidentining vazminligi unga hamma narsani biladigan va jahon siyosatining iplarini tortib turadigan yovuz daho timsolini yaratuvchi yana bir fitna nazariyasiga asos bo‘ladi. Shimoliy Atlantika birdamligining asal bochkasiga Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tomonidan bir qoshiq sog‘lom qatron solinadigan bo‘ldi. Shunday ekan, alyansning tez va ishtiyoq bilan kengayishi o‘rniga, dunyo so‘nggi yillarda tanish bo‘lgan ommaviy janjal, shantaj, ishontirish, tahdid va tahqirlashlarning navbatdagi komediyasini kutmoqda. Turkiya bildirayotgan shikoyatlarning mohiyati juda oddiy: Shvetsiya va Finlyandiya uzoq yillardan beri kurdlarni qo‘llab-quvvatlash borasida izchil siyosat yuritib keladi. Har ikki davlat kurd faollariga siyosiy boshpana beradi. Shvetsiya parlamentida olti nafar kurd deputati bor. Shuningdek, ushbu mamlakatlarda 2016-yilda harbiy to‘ntarish tashabbusini uyushtirganlikda ayblanayotgan voiz Fathulloh Gulan tarafdorlarini birlashtirgan FETO partiyasi a’zolari boshpana topgan.Umuman olganda, suveren siyosiy ambitsiyalarni baland ovozda e’lon qilish imkoniyatini qo‘ldan boy bermaygan Erdo‘g‘onning sharoit va siyosatini hisobga olsak, Anqaraning demarshini kutish mumkin edi. Va u eng qattiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri shaklda yo‘l tutdi. Turkiya prezidenti Shvetsiyani “terrorizm o‘chog‘i” deb atadi, uning mamlakati ikki davlatning NATOga kirishiga “ha” deb javob berolmasligini aytdi va bundan xafa bo‘lmaslikni so‘radi. Bundan tashqari, vaziyatni shvedlar va finlar uchun butunlay haqoratli qilish maqsadida Erdo‘g‘on Turkiya mamlakati Stokholm va Xelsinkining “terrorizmga qarshi bayonotlari”ga, hatto ular amalga oshsa ham ishonmasligini qo‘shimcha qilgan. Bu mavzuda turklar bilan muzokara olib borishi kerak bo‘lgan har ikki davlat delegatsiyasiga ham “bezovta qilmaslik”ni maslahat bergan.Kimdir sodir bo‘layotgan vaziyat Erdo‘g‘onga shantaj va savdolashishi uchun bahonadan boshqa narsa emas va oxir-oqibat Vashington NATO saflarini to‘ldirish uchun Turkiyani ko‘ndiradi, roziligini sotib oladi yoki o‘zini NATOdan haydaydi deb aytishi mumkin.Biroq, birinchidan, Rossiyaning S-400 tizimlari masalasida G‘arb haligacha Anqarani o‘z pozitsiyasini o‘zgartirishga majbur qila olmadi. Bu yo‘lda esa katta sa’y-harakatlar qilindi. Ikkinchidan, va bu yanada muhimroq, gap turklarning roziligi bilan oxir-oqibatda Shimoliy Atlantika alyansini belgilangan tartib asosida kengaytirishda emas.Masala vaziyatning o‘zidaTurkiya amerikaliklar va yevropaliklar uchun har qachongidan ham muhim vaziyatda "yomon Rossiyaga" qarshi butun dunyoni birlashtirmoqchi bo‘lgan vaqtda noqulay ahvolga solib qo‘ydi. Aslida butun dunyoni Rossiyaga qarshi qilish G‘arb gegemonlarining qo‘lidan shundoq ham kelmayapti - ular ko‘kka ko‘tarib maqtanilgan “butun dunyo” bir nechta satellit mamlakatlar va G‘arbning o‘zi bilan cheklanib qolmoqda. Endi bo‘lsa Anqara qo‘zg‘olon ko‘tardi va atlantikachilarning “harbiy yuragida” bo‘linishga olib keldi.Buni jiddiy qabul qilmaslik - noto‘g‘ri bo‘ladi. Turkiya uzoq yillar davomida Rossiya, Xitoy, Hindiston va dunyoning o‘nlab davlatlari bilan bir xil mantiqda izchil harakat qilib kelmoqda: Ushbu voqealar fonida Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga qo‘shilish qarori ayniqsa namunali tuyuladi. Bu AQSh uchun o‘zini qurbon qilishga muloyimlik bilan rozi bo‘lgan sayyoradagi yagona mintaqa - Yevropaning o‘z joniga qasd qilishiga bundan yorqinroq ramz topish qiyin. Agar Stokholm va Xelsinki asr boshida Shimoliy Atlantika alyansining a’zosi bo‘lishga qaror qilganda, tushunarli bo‘lar edi, ta’bir joiz bo‘lsa, Sovuq urush va global gegemon g‘olibiga qo‘shilgan bo‘lar edi. Rossiya Boltiqbo‘yi respublikalarining NATOga qo‘shilishini qabul qilganidek, bunga ham qarshi tura olmasdi.Ammo, shvedlar va finlar tizimning qulayotgan paytda betaraflikdan xalos bo‘lishga qaror qilishdi. Ularga qo‘yilayotgan yagona talab - Rossiyaga maksimal darajada zarar yetkazish. Ushbu yo‘lda ular o‘zlarini qurbon qilishi kerak (birinchi navbatda iqtisodiy ma’noda) va bu muqarrar.Ular bunday uslubda Moskvaga hech qachon jiddiy zarar yetkaza olmaydi, lekin o‘zlariga - istalgancha. Qadimgi hikmatlarda, agar Xudo jazolamoqchi bo‘lsa, birinchi navbatda aqldan mahrum qiladi, deyiladi. Ko‘p asrlar davomida zamonaviy sivilizatsiya markazi bo‘lgan Yevropa mintaqasining bugungi harakatlarida biz bunga yanada ko‘proq amin bo‘lmoqdamiz...
finlyandiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Irina Alksnis
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/758/81/7588160_0:0:448:448_100x100_80_0_0_a141ed2ada36acd64d4e57387d493e8d.png
Irina Alksnis
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/758/81/7588160_0:0:448:448_100x100_80_0_0_a141ed2ada36acd64d4e57387d493e8d.png
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/246/94/2469430_266:0:1933:1250_1920x0_80_0_0_bc588967c003137827c1dcb16860a388.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Irina Alksnis
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/758/81/7588160_0:0:448:448_100x100_80_0_0_a141ed2ada36acd64d4e57387d493e8d.png
kolumnistlar, finlyandiya, shvetsiya, nato
kolumnistlar, finlyandiya, shvetsiya, nato
Yevropa taqdiri: Erdog‘an omma oldida Finlyandiya va Shvetsiyaning obro‘sini to‘kmoqda
Uzoq yillar davomida betaraflikni saqlab kelgan Yevropaning ikki davlati umri tugab borayotgan tizim uchun o‘zini qurbon qilishga qaror qildi. Butun Yevropa taqdiri ham shunga o‘xshash bo‘lsa ajab emas...
Bugun Finlyandiya va Shvetsiyaning birgalikda NATOga a’zo bo‘lish uchun rasmiy ariza topshirishi kutilmoqda.
Bir necha kun oldin Vladimir Putin finlyandiyalik hamkasbini va shu bilan birga butun G‘arbni ushbu qarorga xotirjam munosabatda bo‘lgani bilan hayratda qoldirdi - munosabat “kutilganidan ham vazminroq” o‘zini to‘tgan edi.
Endi esa, Rossiya prezidentining vazminligi unga hamma narsani biladigan va jahon siyosatining iplarini tortib turadigan yovuz daho timsolini yaratuvchi yana bir fitna nazariyasiga asos bo‘ladi. Shimoliy Atlantika birdamligining asal bochkasiga Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tomonidan bir qoshiq sog‘lom qatron solinadigan bo‘ldi. Shunday ekan, alyansning tez va ishtiyoq bilan kengayishi o‘rniga, dunyo so‘nggi yillarda tanish bo‘lgan ommaviy janjal, shantaj, ishontirish, tahdid va tahqirlashlarning navbatdagi komediyasini kutmoqda.
Ustiga-ustak, birinchi navbatda, NATOni o‘z a’zoligi bilan xursand qilishga qaror qilgan va ularning oldida qizil gilam yoyilishini kutgan finlar va shvedlarning o‘zlari haqoratlanadi, ostonada oyoq tirab turib olgan tilanchi-arizachilarga aylanadi. Eng hayratlanarlisi Vashington yoki Brussel oldida emas, balki Anqara eshigi oldida.
Turkiya bildirayotgan shikoyatlarning mohiyati juda oddiy: Shvetsiya va Finlyandiya uzoq yillardan beri kurdlarni qo‘llab-quvvatlash borasida izchil siyosat yuritib keladi. Har ikki davlat kurd faollariga siyosiy boshpana beradi. Shvetsiya parlamentida olti nafar kurd deputati bor. Shuningdek, ushbu mamlakatlarda 2016-yilda harbiy to‘ntarish tashabbusini uyushtirganlikda ayblanayotgan voiz Fathulloh Gulan tarafdorlarini birlashtirgan FETO partiyasi a’zolari boshpana topgan.
Anqara Qurdiston ishchi partiyalari a’zolarini ham, gulenchilarni ham terrorchi deb hisoblaydi. Turkiya OAVlariga ko‘ra, Stokholm va Xelsinki Qurdiston ishchilar partiyasi va FETOdan 33 kishini turklarga ekstraditsiya qilishdan bosh tortgan. Ba’zi ekstraditsiya so‘rovlari rad etilgan, ba’zilari esa shunchaki e’tiborga olinmagan.
Umuman olganda, suveren siyosiy ambitsiyalarni baland ovozda e’lon qilish imkoniyatini qo‘ldan boy bermaygan Erdo‘g‘onning sharoit va siyosatini hisobga olsak, Anqaraning demarshini kutish mumkin edi. Va u eng qattiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri shaklda yo‘l tutdi. Turkiya prezidenti Shvetsiyani “terrorizm o‘chog‘i” deb atadi, uning mamlakati ikki davlatning NATOga kirishiga “ha” deb javob berolmasligini aytdi va bundan xafa bo‘lmaslikni so‘radi. Bundan tashqari, vaziyatni shvedlar va finlar uchun butunlay haqoratli qilish maqsadida Erdo‘g‘on Turkiya mamlakati Stokholm va Xelsinkining “terrorizmga qarshi bayonotlari”ga, hatto ular amalga oshsa ham ishonmasligini qo‘shimcha qilgan. Bu mavzuda turklar bilan muzokara olib borishi kerak bo‘lgan har ikki davlat delegatsiyasiga ham “bezovta qilmaslik”ni maslahat bergan.
Kimdir sodir bo‘layotgan vaziyat Erdo‘g‘onga shantaj va savdolashishi uchun bahonadan boshqa narsa emas va oxir-oqibat Vashington NATO saflarini to‘ldirish uchun Turkiyani ko‘ndiradi, roziligini sotib oladi yoki o‘zini NATOdan haydaydi deb aytishi mumkin.
Biroq, birinchidan, Rossiyaning S-400 tizimlari masalasida G‘arb haligacha Anqarani o‘z pozitsiyasini o‘zgartirishga majbur qila olmadi. Bu yo‘lda esa katta sa’y-harakatlar qilindi. Ikkinchidan, va bu yanada muhimroq, gap turklarning roziligi bilan oxir-oqibatda Shimoliy Atlantika alyansini belgilangan tartib asosida kengaytirishda emas.
Masala vaziyatning o‘zida
Turkiya amerikaliklar va yevropaliklar uchun har qachongidan ham muhim vaziyatda
"yomon Rossiyaga" qarshi butun dunyoni birlashtirmoqchi bo‘lgan vaqtda noqulay ahvolga solib qo‘ydi. Aslida butun dunyoni Rossiyaga qarshi qilish G‘arb gegemonlarining qo‘lidan shundoq ham kelmayapti - ular ko‘kka ko‘tarib maqtanilgan “butun dunyo” bir nechta satellit mamlakatlar va G‘arbning o‘zi bilan cheklanib qolmoqda. Endi bo‘lsa Anqara qo‘zg‘olon ko‘tardi va atlantikachilarning “harbiy yuragida” bo‘linishga olib keldi.
Buni jiddiy qabul qilmaslik - noto‘g‘ri bo‘ladi. Turkiya uzoq yillar davomida Rossiya, Xitoy, Hindiston va dunyoning o‘nlab davlatlari bilan bir xil mantiqda izchil harakat qilib kelmoqda:
Turkiya o‘z suvereniteti va milliy manfaatlarini himoya qilish yo‘lida markazlashgan G‘arb va AQSh gegemonligiga putur yetkazmoqda. Bu ma’noda, Erdo‘g‘anning Putin, Si yoki Modidan farqi - faqat biroz avanturizmga moyilligidir. Buni hozirgi vaziyat ham ko‘rsatmoqda.
Ushbu voqealar fonida Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga qo‘shilish qarori ayniqsa namunali tuyuladi. Bu AQSh uchun o‘zini qurbon qilishga muloyimlik bilan rozi bo‘lgan sayyoradagi yagona mintaqa - Yevropaning o‘z joniga qasd qilishiga bundan yorqinroq ramz topish qiyin.
O‘n yillar davomida ko‘plab geosiyosiy bo‘ronlarda o‘z muvozanatini saqlab kelgan ikki neytral davlat barchaning ko‘z oldida vayron bo‘layotgan tizim foydasiga qaror qabul qildi.
Agar Stokholm va Xelsinki asr boshida Shimoliy Atlantika alyansining a’zosi bo‘lishga qaror qilganda, tushunarli bo‘lar edi, ta’bir joiz bo‘lsa, Sovuq urush va global gegemon g‘olibiga qo‘shilgan bo‘lar edi. Rossiya Boltiqbo‘yi respublikalarining NATOga qo‘shilishini qabul qilganidek, bunga ham qarshi tura olmasdi.
Ammo, shvedlar va finlar tizimning qulayotgan paytda betaraflikdan xalos bo‘lishga qaror qilishdi. Ularga qo‘yilayotgan yagona talab - Rossiyaga maksimal darajada zarar yetkazish. Ushbu yo‘lda ular o‘zlarini qurbon qilishi kerak (birinchi navbatda iqtisodiy ma’noda) va bu muqarrar.Ular bunday uslubda Moskvaga hech qachon jiddiy zarar yetkaza olmaydi, lekin o‘zlariga - istalgancha.
Qadimgi hikmatlarda, agar Xudo jazolamoqchi bo‘lsa, birinchi navbatda aqldan mahrum qiladi, deyiladi. Ko‘p asrlar davomida zamonaviy sivilizatsiya markazi bo‘lgan Yevropa mintaqasining bugungi harakatlarida biz bunga yanada ko‘proq amin bo‘lmoqdamiz...