Boshqirdiston O‘zbekiston avtosanoati bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi

© Uzavtomotors / ASKAR YACUBOV dlya Sputnik Uzbekistan Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors
Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2022
Obuna bo‘lish
Boshqirdiston bosh vaziri respublikaning iqtisodiy salohiyati va O‘zbekiston mintaqalari bilan hamkorlik istiqbollari haqida gapirdi.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Boshqirdiston O‘zbekiston avtosanoati bilan hamkorlik qilishga tayyor. Bu haqda Boshqirdiston bosh vaziri Andrey Nazarov Toshkentda ish boshlagan respublikaning hududlararo hamkorlik forumi davomida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Nazarov forumda Boshqirdistonning iqtisodiy salohiyati va O‘zbekiston mintaqalari bilan hamkorlik istiqbollarini namoyish etdi.
“Qarshimizda O‘zbekistonning “UzAuto Motors”, “Uz-Tong Xong Ko” kabi avtomobilsozlik flagmanlari bilan ikki tomonlama sheriklik imkoniyatlari ochilmoqda”, - dedi Boshqirdiston bosh vaziri.
Ta’kidlanishicha, Rossiya kompaniyasi O‘zbekiston avto ishlab chiqaruvchilariga qoplash materiallari, sun’iy charm kabi mahsulotlarni yetkazib berishi mumkin.
Nazarovning so‘zlariga ko‘ra, bunda Boshqirdistondagi yirik “Neftekamskoe proizvodstvennoe obyedinenie iskusstvennix koj” kompaniyasi yordam bera oladi.
U korxona assortimenti 1500 tadan ziyod mahsulotdan iborat ekanini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq Boshqirdiston o‘zbek gilamlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi ekani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0