https://oz.sputniknews.uz/20220517/xtv-songgi-qongiroqni-otkazishga-tavsiyalarni-ishlab-chiqdi-24623861.html
XTV “So‘nggi qo‘ng‘iroq”ni o‘tkazishga oid tavsiyalarni ishlab chiqdi
XTV “So‘nggi qo‘ng‘iroq”ni o‘tkazishga oid tavsiyalarni ishlab chiqdi
Sputnik O‘zbekiston
Ta’kidlanishicha, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari uchun turli xil pul yig‘imlari qat’iyan ta’qiqlanadi 17.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-17T19:25+0500
2022-05-17T19:25+0500
2022-05-17T19:38+0500
jamiyat
maktab
xalq ta’limi vazirligi (xtv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/829/31/8293171_0:1413:1953:2512_1920x0_80_0_0_9de0109eba41c285894422523f79ba9d.jpg
TOShKENT, 17-may — Sputnik. Xalq ta’limi vazirligi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqib, barcha maktablarga yubordi.25 may kuni barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2021-2022 o‘quv yili yakunlanib, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tadi.Vazirlik tavsiyasiga ko‘ra, tadbirlar maktab hovlisi bog‘ida yoki soya salqin ochiq maydonlarida o‘tkaziladi. Maktab hududiga begona shaxslarning kiritilmasligi nazoratga olinadi.Maktablarda mazkur tadbir soat 8:00 dan 8:45 ga qadar, tavsiya etilgan ssenariy asosida tashkil etiladi. Unda yil davomida a’lo baholarga o‘qib, eng yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar taqdirlanib rag‘batlantiriladi.Bundan tashqari, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbarlari va o‘qituvchilarga bitiruvchilarning turli qimmatbaho sovg‘alar taqdim etishi, qo‘shimcha turli tantanali tadbirlarni (xonadonlar, restoran yoki qahvaxonalar va h.q.da banket yoki boshqa marosimlar) o‘tkazishi va yengil avtomashinalarda sayr tashkil etishini oldini olishga alohida e’tibor qaratish so‘ralgan.Maktablarning “Kuzatuv kengashi” a’zolariga yuqorida keltirib o‘tilgan tavsiyalarga amal qilinishi ustidan nazorat olib boradi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/829/31/8293171_0:1230:1953:2695_1920x0_80_0_0_20c387c6c9799adcfbee36bdf2afd165.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, maktab, xalq ta’limi vazirligi (xtv)
jamiyat, maktab, xalq ta’limi vazirligi (xtv)
XTV “So‘nggi qo‘ng‘iroq”ni o‘tkazishga oid tavsiyalarni ishlab chiqdi
19:25 17.05.2022 (yangilandi: 19:38 17.05.2022) Ta’kidlanishicha, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari uchun turli xil pul yig‘imlari qat’iyan ta’qiqlanadi
TOShKENT, 17-may — Sputnik. Xalq ta’limi vazirligi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqib, barcha maktablarga yubordi.
25 may kuni barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2021-2022 o‘quv yili yakunlanib, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tadi.
Vazirlik
tavsiyasiga ko‘ra, tadbirlar maktab hovlisi bog‘ida yoki soya salqin ochiq maydonlarida o‘tkaziladi. Maktab hududiga begona shaxslarning kiritilmasligi nazoratga olinadi.
Maktablarda mazkur tadbir soat 8:00 dan 8:45 ga qadar, tavsiya etilgan ssenariy asosida tashkil etiladi. Unda yil davomida a’lo baholarga o‘qib, eng yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar taqdirlanib rag‘batlantiriladi.
“Shu o‘rinda barchaga “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazishda, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul yig‘imlari qat’iyan ta’qiqlanganligini eslatib o‘tamiz”, - deyilgan xabarda.
Bundan tashqari, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbarlari va o‘qituvchilarga bitiruvchilarning turli qimmatbaho sovg‘alar taqdim etishi, qo‘shimcha turli tantanali tadbirlarni (xonadonlar, restoran yoki qahvaxonalar va h.q.da banket yoki boshqa marosimlar) o‘tkazishi va yengil avtomashinalarda sayr tashkil etishini oldini olishga alohida e’tibor qaratish so‘ralgan.
Maktablarning “Kuzatuv kengashi” a’zolariga yuqorida keltirib o‘tilgan tavsiyalarga amal qilinishi ustidan nazorat olib boradi.