Prezident Vladimir Jonibekovni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishLotchik-kosmonavt SSSR, dvajdi Geroy Sovetskogo Soyuza, general-mayor aviatsii Vladimir Djanibekov
Lotchik-kosmonavt SSSR, dvajdi Geroy Sovetskogo Soyuza, general-mayor aviatsii Vladimir Djanibekov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondan chiqqan birinchi fazogir samoga 5-marta parvoz qilgan. Samoda Jonibekov deb nomlangan 3170-sonli kichik sayyora bor.
TOShKENT, 17-may — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev farmoniga ko‘ra, Vladimir Jonibekov “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi.
Kosmonavt 13-may kuni 80 yoshni qarshi oldi. Yubiley sana munosabati bilan O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov kosmonavtning Moskva viloyatidagi xonadoniga tashrif buyurdi.
Elchi O‘zbekiston prezidentining tabrik maktubini o‘qib eshittirdi va Vladimir Jonibekovga “Do‘stlik” ordenini topshirdi.
Vladimir Jonibekov O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi barcha millat va elat vakillari o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro anglashuv va hamjihatlikni mustahkamlash, O‘zbekiston xalqining boshqa mamlakatlar xalqlari bilan do‘stligi va har tomonlama hamkorligini rivojlantirishdagi ulkan yutuqlari uchun taqdirlandi.
Jonibekov Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Iskandar qishlog‘ida tug‘ilgan. 1965-yilda Yeysk uchuvchilar oliy harbiy aviatsiya maktabini (VVAUL) “uchuvchi-muhandis” mutaxassisligi bo‘yicha imtiyozli diplom bilan tamomlagan.
U 1978-yili Oleg Makarov bilan birgalikda “Salyut-6” orbital stansiyasiga (OS) birinchi tashrif buyuruvchi ekspeditsiya komandiri sifatida ilk kosmik parvozini amalga oshirgan.
© Sputnik / Aleksandr MokletsovLetchik-kosmonavt Vladimir Djanibekov (v sentre) dayet intervyu posle uspeshnogo zaversheniya poleta.
Letchik-kosmonavt Vladimir Djanibekov (v sentre) dayet intervyu posle uspeshnogo zaversheniya poleta. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2022
Letchik-kosmonavt Vladimir Djanibekov (v sentre) dayet intervyu posle uspeshnogo zaversheniya poleta.
Kosmonavt samoga 5-marta parvoz qilgan va u yerda umumiy hisobda 145 sutka 15 soat 58 daqiqa davomida tadqiqotlarni olib borgan.
Eng tajribali kosmonavt Vladimir Jonibekov aviatsiya general-mayori, Sovet ittifoqining ikki karra qahramoni.
© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishKosmonavt V. Djanibekov v otkritom kosmose
Kosmonavt V. Djanibekov v otkritom kosmose - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2022
Kosmonavt V. Djanibekov v otkritom kosmose
Samoda Jonibekov deb ataladigan 3170-sonli kichik sayyora bor. Toshkentda kosmonavtning bronzali busti o‘rnatilgan.
Kosmonavt O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, AQSh, Mo‘g‘ulistonning faxriy fuqarosi hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0