https://oz.sputniknews.uz/20220517/uralvagonzavod-t-90m-eng-yangi-tanklarini-qoshinlarga-jonatdi--24608315.html
"Uralvagonzavod" T-90M eng yangi tanklarini qo‘shinlarga jo‘natdi - video
"Uralvagonzavod" T-90M eng yangi tanklarini qo‘shinlarga jo‘natdi - video
Sputnik O‘zbekiston
T-90Mning asosiy xususiyatlaridan biri - real vaqt rejimida boshqa mashinalar bilan axborot almashish va o‘t ochishni avtomatik boshqarish tizimidir. 17.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-17T13:09+0500
2022-05-17T13:09+0500
2023-04-05T18:37+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
mudofaa vazirligi
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/11/24618961_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_301b51ab9f64b8f61cdab9a99bd1bbbe.jpg
TOShKENT, 17-may - Sputnik. "Uralvagonzavod" qo‘shinlarga eng yangi T-90M "Proriv" tanklaridan eshelon yubordi, deb xabar qilmoqda, kompaniya matbuot xizmati. UVZ ta’kidlashicha, Mudofaa vazirligi buyurtmasi doirasida qo‘shinlarga yangi va T-90M "Proriv" tanklari darajasigacha modernizatsiya qilingan tanklarni yetkazib bergan. “Korxonada ushbu zamonaviy zirhli avtomashinalarni tayyorlash va seriyali ishlab chiqarishni o‘zlashtirish jarayoni to‘liq yakunlandi, malaka sinovlarining ijobiy natijalari olindi”, — deya qo‘shimcha qildi matbuot xizmati. Tanklarni topshirish marosimida korxona rahbarlari va xodimlari ishtirok etdi. Tayyorgarlikning yakuniy bosqichida harbiy xizmatchilarga hurmat va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tank quruvchilari va bolalarining rasmlari va xatlari, shuningdek, pravoslav ikonalari transport vositalariga joylashtirildi.Ma’lumot uchun, T-90M tanki Ural transport muhandisligi konstruktorlik burosi tomonidan ishlab chiqilgan. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, bu T-90 oilasidagi eng ilg‘or mashina. Tank zamonaviy jangovar sharoitdagi harakatlarga yaxshi moslashtirilgan. T-90M ning asosiy xususiyatlaridan biri - real vaqt rejimida boshqa mashinalar bilan axborot almashish va o‘t ochishni avtomatik boshqarish tizimiga ega.Undan tashqari tank mutlaq yangi bashnya va 1130 ot kuchisha ega bo‘lgan yangi dvigatelga ega. Uning to‘pi 125mm bo‘lib, eng zamonaviy snaradlar va boshqariluvchi raketalardan foydalanish imkonini beradi. Yangi ko‘p kanalli nishonga olish tizimi quroldan tunu-kun har qanday ob-havo sharoitida foydalanish imkonini beradi. Tank to‘pi 5 km masofada joylashgan raqibni nishonga olish imkonini beradi. Rossiya Qurolli kuchlari ixtiyoriga T-90 tanklarining dastlabki partiyasi 2020-yilning bahorida yetkazib berilgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Otpravka s zavoda i manevri na poligone noveyshix tankov T-90M "Proriv"
Sputnik O‘zbekiston
Noveyshie tanki T-90M "Proriv" - kadri otpravki s Uralvagonzavoda v Minoboroni i manevrov na poligone
2022-05-17T13:09+0500
true
PT1M03S
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/11/24618961_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_4e869b05fad3596e90c3162b3a2af7ea.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
mudofaa vazirligi, video, rossiya
mudofaa vazirligi, video, rossiya
"Uralvagonzavod" T-90M eng yangi tanklarini qo‘shinlarga jo‘natdi - video
13:09 17.05.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023) T-90Mning asosiy xususiyatlaridan biri - real vaqt rejimida boshqa mashinalar bilan axborot almashish va o‘t ochishni avtomatik boshqarish tizimidir.
TOShKENT, 17-may - Sputnik. "Uralvagonzavod" qo‘shinlarga eng yangi T-90M "Proriv" tanklaridan eshelon yubordi, deb xabar qilmoqda, kompaniya matbuot xizmati.
"Uralvagonzavod"da Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligiga T-90M "Proriv" tanklari ortilgan poyezdini tantanali ravishda jo‘natish marosimi bo‘lib o‘tdi”, — deyiladi xabarda.
UVZ ta’kidlashicha, Mudofaa vazirligi buyurtmasi doirasida qo‘shinlarga yangi va T-90M "Proriv" tanklari darajasigacha modernizatsiya qilingan tanklarni yetkazib bergan.
“Korxonada ushbu zamonaviy zirhli avtomashinalarni tayyorlash va seriyali ishlab chiqarishni o‘zlashtirish jarayoni to‘liq yakunlandi, malaka sinovlarining ijobiy natijalari olindi”, — deya qo‘shimcha qildi matbuot xizmati.
Tanklarni topshirish marosimida korxona rahbarlari va xodimlari ishtirok etdi. Tayyorgarlikning yakuniy bosqichida harbiy xizmatchilarga hurmat va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tank quruvchilari va bolalarining rasmlari va xatlari, shuningdek, pravoslav ikonalari transport vositalariga joylashtirildi.
Ma’lumot uchun, T-90M tanki Ural transport muhandisligi konstruktorlik burosi tomonidan ishlab chiqilgan. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, bu T-90 oilasidagi eng ilg‘or mashina. Tank zamonaviy jangovar sharoitdagi harakatlarga yaxshi moslashtirilgan. T-90M ning asosiy xususiyatlaridan biri - real vaqt rejimida boshqa mashinalar bilan axborot almashish va o‘t ochishni avtomatik boshqarish tizimiga ega.
Undan tashqari tank mutlaq yangi bashnya va 1130 ot kuchisha ega bo‘lgan yangi dvigatelga ega. Uning to‘pi 125mm bo‘lib, eng zamonaviy snaradlar va boshqariluvchi raketalardan foydalanish imkonini beradi. Yangi ko‘p kanalli nishonga olish tizimi quroldan tunu-kun har qanday ob-havo sharoitida foydalanish imkonini beradi. Tank to‘pi 5 km masofada joylashgan raqibni nishonga olish imkonini beradi.
Rossiya Qurolli kuchlari ixtiyoriga T-90 tanklarining dastlabki partiyasi 2020-yilning bahorida yetkazib berilgan edi.