https://oz.sputniknews.uz/20220517/rossiya-chet-elga-pul-otkazish-limitini-besh-baravarga-oshirdi-24616893.html
Rossiya chet elga pul o‘tkazish limitini besh baravarga oshirdi
Rossiya chet elga pul o‘tkazish limitini besh baravarga oshirdi
Sputnik O‘zbekiston
16 may kuni Rossiya Markaziy banki jismoniy shaxslarning chet elga pul o‘tkazmalari uchun chegarani 50 ming dollargacha oshirdi. 17.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-17T17:51+0500
2022-05-17T17:51+0500
2022-05-17T17:51+0500
rossiya
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/13/18801950_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_14e1d8e807d73c906ca5199222cb60a4.jpg
TOShKENT, 17-may — Sputnik. Markaziy bank rossiyaliklarga chet elga besh baravar ko‘p pul jo‘natishiga ruxsat berdi ya’ni oylik limitni 10 ming dollardan 50 ming dollargacha oshirdi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabarida keltirilgan. Unga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi rezidentlari va do‘st mamlakatlardan kelgan norezidentlar bir kalendar oy ichida Rossiya bankidagi hisob raqamlaridan 50 000 dollardan ko‘p bo‘lmagan (yoki boshqa xorijiy valyutadagi ekvivalentini) mablag‘ni o‘zlarining hisobi yoki chet eldagi boshqa jismoniy shaxsga o‘tkazishlari mumkin.Xuddi shu huquq Rossiyada shartnomalar bo‘yicha ishlayotgan do‘stona bo‘lmagan mamlakatlardan kelgan norezidentlarga ham berilgan. Bungacha do‘stona munosabatda bo‘lmagan mamlakatlarning norezidentlari hisobvaraqdan faqat 10 000 dollar va hisob ochmasdan 5 000 dollargacha bo‘lgan xorijiy valyutadagi mablag‘larni o‘tkazishlari mumkin edi.Cheklovlar 2022-yil 30-sentabrgacha amal qiladi. O‘tkazma summalari pul o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan sanada Rossiya banki tomonidan belgilangan xorijiy valyutalarning rublga nisbatan rasmiy kursi bo‘yicha hisoblanadi.Eslatib o‘tamiz, mart oyi boshida prezident Vladimir Putin chet elda valyuta olib chiqishga cheklovlar kiritgan edi. Rezidentlarga har oyda 10 000 dollarni boshqa shaxslarning xorijiy hisob raqamlariga o‘tkazishga ruxsat berildi. Shaxsiy hisoblarni to‘ldirish taqiqlandi. Keyinchalik Markaziy bank talablarni yumshatdi, o‘z hisob raqamlariga pul o‘tkazishga ruxsat berdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/13/18801950_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_fa059cf2c9949421a13540b3bd116acd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, iqtisod
Rossiya chet elga pul o‘tkazish limitini besh baravarga oshirdi
16 may kuni Rossiya Markaziy banki jismoniy shaxslarning chet elga pul o‘tkazmalari uchun chegarani 50 ming dollargacha oshirdi.
TOShKENT, 17-may — Sputnik. Markaziy bank rossiyaliklarga chet elga besh baravar ko‘p pul jo‘natishiga ruxsat berdi ya’ni oylik limitni 10 ming dollardan 50 ming dollargacha oshirdi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati
xabarida keltirilgan.
Unga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi rezidentlari va do‘st mamlakatlardan kelgan norezidentlar bir kalendar oy ichida Rossiya bankidagi hisob raqamlaridan 50 000 dollardan ko‘p bo‘lmagan (yoki boshqa xorijiy valyutadagi ekvivalentini) mablag‘ni o‘zlarining hisobi yoki chet eldagi boshqa jismoniy shaxsga o‘tkazishlari mumkin.
“Hisobvaraq ochmasdan pul o‘tkazmalari xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalar orqali rezidentlar va do‘st mamlakatlardan kelgan norezidentlar oyiga 5 000 dollardan ko‘p bo‘lmagan (yoki boshqa valyutadagi ekvivalentida) pul o‘tkazishlari mumkin”, deyiladi Markaziy bank xabarida.
Xuddi shu huquq Rossiyada shartnomalar bo‘yicha ishlayotgan do‘stona bo‘lmagan mamlakatlardan kelgan norezidentlarga ham berilgan. Bungacha do‘stona munosabatda bo‘lmagan mamlakatlarning norezidentlari hisobvaraqdan faqat 10 000 dollar va hisob ochmasdan 5 000 dollargacha bo‘lgan xorijiy valyutadagi mablag‘larni o‘tkazishlari mumkin edi.
“Rossiyada ishlamaydigan jismoniy shaxslar, sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar, shuningdek, ushbu davlatlar yuridik shaxslari uchun chet elga pul o‘tkazmalarini ta’qiqlash o‘z kuchida qoladi”, deyiladi xabarda.
Cheklovlar 2022-yil 30-sentabrgacha amal qiladi. O‘tkazma summalari pul o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan sanada Rossiya banki tomonidan belgilangan xorijiy valyutalarning rublga nisbatan rasmiy kursi bo‘yicha hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, mart oyi boshida prezident Vladimir Putin chet elda valyuta olib chiqishga cheklovlar kiritgan edi. Rezidentlarga har oyda 10 000 dollarni boshqa shaxslarning xorijiy hisob raqamlariga o‘tkazishga ruxsat berildi. Shaxsiy hisoblarni to‘ldirish taqiqlandi. Keyinchalik Markaziy bank talablarni yumshatdi, o‘z hisob raqamlariga pul o‘tkazishga ruxsat berdi.