Qrim-Kongo isitmasidan tuzalganlarning qon plazmasi banki yaratiladi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishBank plazmi v otdelenii perelivaniya krovi Gorodskoy klinicheskoy bolnisi №52 v Moskve.
Bank plazmi v otdelenii perelivaniya krovi Gorodskoy klinicheskoy bolnisi №52 v Moskve.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2022
Obuna bo‘lish
Donorlarning qon plazmasi banklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi tegishli muassasalarda tashkil qilinadi.
TOShKENT, 17-may — Sputnik. 1-iyuldan boshlab O‘zbekistonda Qrim-Kongo isitmasidan tuzalganlarning qon plazmasi banki yaratiladi. Bu haqda prezident tomonidan 16-mayda imzolagan qarorda nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, Donorlarning qon plazmasi banklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi tegishli muassasalarda tashkil qilinadi.
Aholi gepatit “V” va “S” turlariga skrining tekshiruvdan o‘tkaziladi
Ma’lumot uchun, Qrim – Kongo gemorragik isitma kasalligi dastlab 1944-yilda Qrimda, 1956-yilda esa Kongo davlatida bir guruh odamlarda uchragan.
Kasallik odamlarga asosan mayda shoxli va yirik shoxli qoramollardagi kanalarni terish, ularni junini olish yoki cho‘l hududlarida ularni boqish jarayonida kana chaqishi orqali yuqadi.
© AFP 2023 / SHWAN NAWZADYirik shoxli qoramollarni dezinfeksiya qilish
Chlen veterinarnoy brigadi opriskivayet skot i volyeri fermi dezinfitsiruyushim sredstvom v severnom irakskom gorode Kirkuk 7-maya 2022 goda, na sleduyushiy den posle registratsii pervoy smerti ot krimsko-kongolezskoy gemorragicheskoy lixoradki, poskolku sluchai rasprostraneniya virusa na sever strani. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2022
Yirik shoxli qoramollarni dezinfeksiya qilish
Virus ajratgan moddalar natijasida odam qonining ivishi izdan chiqadi natijada burun va boshqa tabiiy teshiklardan qon ketishi kuzatiladi.
Kasallik og‘ir kechadi va o‘z vaqtida yordam ko‘rsatilmasa oqibati noxush tugashi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0