O‘zbekiston Afg‘onistonning moliyaviy aktivlarini ta’qiqdan chiqarish tarafdori

© AP Photo / Ebrahim NorooziAfganskie deti sredi kuchi musora v Kabule
Afganskie deti sredi kuchi musora v Kabule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2022
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston importning 30 foizdan ortig‘i O‘zbekistonning Termizdagi transport-logistika markazi orqali yetkazib beriladi.
TOShKENT, 17-may — Sputnik. Afg‘onistondagi gumanitar vaziyat yomonligicha qolmoqda, shu munosabat bilan O‘zbekiston afg‘on moliyaviy aktivlarini erkinlashtirish va ulardan ushbu mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishda foydalanish tarafdori.
Bu haqda “Valday” klubi tomonidan tashkil etilgan “Rossiya – Markaziy Osiyo: beqarorlik sharoitida hamkorlik va taraqqiyot” konferensiyasida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro aloqalar axborot-tahlil markazi direktori Doniyor Qurbonov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Afg‘onistonga yordam berish uchun ko‘p ishlarni qilmoqda.

“Afg‘oniston importning 30 foizdan ortig‘i O‘zbekistonning Termizdagi transport-logistika markazi orqali yetkazib beriladi, mutaxassislarimiz Mozori Sharif aeroportini tiklash ishlarini yakunlamoqda, O‘zbekistondan Kobulga elektr energiyasi yetkazib berilmoqda”, deya ta’kidladi u.

Spikerning qayd etishicha, bugun Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash bo‘yicha sa’y-harakatlarini birlashtirishi zarur. Ayni paytda O‘zbekiston Afg‘oniston bo‘yicha Rossiya bilan ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirapti.
Yangiliklar lentasi
0