Mirziyoyev va Toqayev mintaqaviy dolzarb masalalarni muhokama qildi

© Ofitsialniy sayt prezidenta KazaxstanaTokayev obsudil s Mirziyoyevim torgovie svazi v svete obostreniya geopoliticheskoy situatsii
Tokayev obsudil s Mirziyoyevim torgovie svazi v svete obostreniya geopoliticheskoy situatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2022
Obuna bo‘lish
Telefon orqali suhbat avvalida O‘zbekiston rahbari Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etdi.
TOShKENT, 17-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-may kuni Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston rahbari suhbat avvalida qozog‘istonlik hamkasbini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, birodar Qozog‘istonga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilagan.
O‘zbekiston-Qozog‘iston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Qayd etilishicha, yil boshidan o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari barqaror oshib bormoqda. Yaqinda mamlakatlar o‘rtasida temir yo‘lda yo‘lovchi tashish qayta tiklandi.
Kuni kecha O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumat delegatsiyalari o‘tkazgan muzokaralarning amaliy natijalari yuqori baholandi. Qo‘shma kooperatsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirishni jadallashtirish muhim ekani ta’kidlandi.
Ikki mamlakat yetakchilari xalqaro kun tartibi va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar.
Yangiliklar lentasi
0