Mastlarga tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari tashkil etiladi

© Sputnik / Viktoriya Viatris / Mediabankka o‘tishSotrudniki skoroy pomoshi, illyustrativnoe foto
Sotrudniki skoroy pomoshi, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2022
Obuna bo‘lish
Viloyatlar va Toshkent shahrida kamida 10 o‘rinli mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tumanlararo punktlari tashkil etiladi.
TOShKENT, 17-may — Sputnik. Endi mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari tashkil etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan qarorda keltirilgan.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrining tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida kamida 10 o‘rinli mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tumanlararo punktlari tashkil etiladi.

Qarorga muvofiq 2022-yilda 114 ta, 2023–2024 yillarda yana 20 ta ana shunday punktlar tashkil etiladi.
Bundan tashqari, ichki ishlar organlariga o‘z tashabbusiga ko‘ra narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish yuzasidan hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish huquqi berildi.

2023 yil 1-yanvardan:

narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish bo‘yicha barcha tibbiy tekshiruvlar narkologiya dispanserlarining o‘zida, zarur hollarda boshqa muassasalarda amalga oshiriladi;
narkologiya dispanserlaridagi mavjud koykalar haqidagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida olish imkoniyati yaratiladi.
Narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish to‘g‘risidagi ishlarni elektron tarzda sudlarga yuborish va sudlar tomonidan ularni videokonferensaloqa rejimida ko‘rib chiqish mumkin.
2023 yil 1-yanvardan Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallarining ambulator va statsionar bo‘limlarida tibbiy psixolog yoki psixoterapevt lavozimlari joriy etiladi. Shuningdek, 2022-yil yakunigacha narkologik bemorlarni ixtiyoriy va majburiy davolash uchun narkologiya dispanserlarida qo‘shimcha 430 ta o‘rin tashkil etiladi.
Yangiliklar lentasi
0