https://oz.sputniknews.uz/20220517/markaziy-osiyo---rossiyaning-imtiyozli-hamkori-24616024.html
Markaziy Osiyo - Rossiyaning imtiyozli hamkori
Markaziy Osiyo - Rossiyaning imtiyozli hamkori
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya - Markaziy Osiyo hamkorligi ikki tomonlama xarakterga ega: bir tomondan mehnat migrantlari Rossiya YaIMining 8 %ini yaratayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan RF ... 17.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-17T17:27+0500
2022-05-17T17:27+0500
2023-04-05T18:37+0500
infografika
markaziy osiyo
hamkorlik
migratsiya
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/11/24616388_543:104:1856:843_1920x0_80_0_0_b76dbbdc108bfe9a009157c14c75b0b4.png
Markaziy Osiyo - Rossiya uchun imtiyozli hamkor hisoblanadi, dedi Valday klubining “Rossiya – Markaziy Osiyo: beqarorlik sharoitida hamkorlik va taraqqiyot” mavzusidagi anjumanda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko. "Bu yil biz mintaqa davlatlari bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30-yilligini nishonlamoqdamiz. Bu davlatlar uzoq yo‘lni bosib o‘tdi va amalda nafaqat mustaqil suveren davlatlar, balki umumiy manfaatlari, vazifalari bo‘lgan yagona mintaqa sifatida ham shakllandi, - dedi Andrey Rudenko. Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, quyidagi raqamlar mustahkam hamkorlikdan dalolat beradi: Markaziy Osiyo davlatlarining 4 milliondan ortiq fuqarosi Rossiyada doimiy asosda istiqomat qiladi. Bu hamkorlik ikki tomonlama xarakterga ega, deya aniqlik kiritadi Andrey Rudenko: Bir tomondan mehnat migrantlarining Rossiya yalpi ichki mahsulotining qariyb 8 foizini yaratayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan Rossiya Federatsiyasi, mintaqadagi eng yirik investor hisoblanadi. 2010-yildan 2021-yilgacha Rossiyaning MO hududiga kiritgan investitsiyalari hajmi 30,5 milliard dollarni tashkil etdi. Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlarining o‘zaro savdo aloqalari aylanmasi 2021-yilda 37 milliard dollarni tashkil qildi. Batafsil infografikamizda tomosha qiling.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/11/24616388_559:0:1865:979_1920x0_80_0_0_f86e7e19569a86668daae690ecbe90e2.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
infografika, markaziy osiyo, hamkorlik, migratsiya, infografika, rossiya
infografika, markaziy osiyo, hamkorlik, migratsiya, infografika, rossiya
Markaziy Osiyo - Rossiyaning imtiyozli hamkori
17:27 17.05.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023) Rossiya - Markaziy Osiyo hamkorligi ikki tomonlama xarakterga ega: bir tomondan mehnat migrantlari Rossiya YaIMining 8 %ini yaratayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan RF - mintaqadagi eng yirik investor bo‘lmoqda.
Markaziy Osiyo - Rossiya uchun imtiyozli hamkor hisoblanadi, dedi Valday klubining “Rossiya – Markaziy Osiyo: beqarorlik sharoitida hamkorlik va taraqqiyot” mavzusidagi anjumanda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko.
"Rossiya uchun bu mintaqa alohida ahamiyatga ega. Bu tabiiy qo‘shni, imtiyozli hamkor", - dedi u va bu maqomga umumiy tarix, chuqur madaniy va gumanitar aloqalar yordam bermoqda. Mustaqillik yillarida Markaziy Osiyo davlatlari duch kelgan barcha qiyinchilik va sinovlarga qaramay, mintaqa “barqarorlik vohasi” bo‘lib qolmoqda, dedi Rudenko.
"Bu yil biz mintaqa davlatlari bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30-yilligini nishonlamoqdamiz. Bu davlatlar uzoq yo‘lni bosib o‘tdi va amalda nafaqat mustaqil suveren davlatlar, balki umumiy manfaatlari, vazifalari bo‘lgan yagona mintaqa sifatida ham shakllandi, - dedi Andrey Rudenko.
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, quyidagi raqamlar mustahkam hamkorlikdan dalolat beradi: Markaziy Osiyo davlatlarining 4 milliondan ortiq fuqarosi Rossiyada doimiy asosda istiqomat qiladi.
Bu hamkorlik ikki tomonlama xarakterga ega, deya aniqlik kiritadi Andrey Rudenko: Bir tomondan mehnat migrantlarining Rossiya yalpi ichki mahsulotining qariyb 8 foizini yaratayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan Rossiya Federatsiyasi, mintaqadagi eng yirik investor hisoblanadi. 2010-yildan 2021-yilgacha Rossiyaning MO hududiga kiritgan investitsiyalari hajmi 30,5 milliard dollarni tashkil etdi.
Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlarining o‘zaro savdo aloqalari aylanmasi 2021-yilda 37 milliard dollarni tashkil qildi.
Batafsil infografikamizda tomosha qiling.