KXShT kuzda Markaziy Osiyo hududida mashg‘ulotlar o‘tkazadi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishUchenie ODKB «Vzaimodeystvie-2018»
Uchenie ODKB «Vzaimodeystvie-2018» - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2022
Obuna bo‘lish
KXShT vazifasi - a’zo mamlakatlarning hududiy-iqtisodiy makonini har qanday tashqi harbiy va siyosiy tajovuzkorlardan, xalqaro terrorchilardan, shuningdek keng ko‘lamli tabiiy ofatlardan himoya qilishdan iborat.
TOShKENT, 17-may — Sputnik. Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga a’zo davlatlar kuzda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda bir qator qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazishni rejalashtirgan. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin dushanba kuni Moskvada bo‘lib o‘tayotgan uyushmaning yubiley sammitida aytib o‘tdi.

“Joriy yilning kuzida tashkilotimizning Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda bir qator qo‘shma mashg‘ulotlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Ishonchim komilki, bu tadbirlar jangovar shaylikni, davlatlarimiz harbiy tuzilmalarining muvofiqlik darajasini, umuman olganda, jangovar tayyorgarlikni oshirishga xizmat qiladi”, deydi Rossiya prezidenti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, KXShT kuchlarini zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika bilan ta’minlash, harbiy kontingentlarning tezkor muvofiqligini oshirish, harbiy tuzilmalar va maxsus xizmatlarning birgalikdagi harakatlarining uyg‘unligini takomillashtirish zarur.
Eslatib o‘tamiz, 16-may kuni Moskvada KXShTning 30-yilligiga bag‘ishlangan sammit boshlandi.
Ma’lumot uchun, 1992-yil 15-may sanasida sobiq sovet respublikalari o‘rtasida Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risida kelishuv imzolandi va u 1994-yilning 20-aprelidan boshlab kuchga kirdi.
KXShTning vazifasi qo‘shin va yordamchi bo‘linmalarning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan shartnomada ishtirok etadigan mamlakatlarning hududiy-iqtisodiy makonini har qanday tashqi harbiy va siyosiy tajovuzkorlardan, xalqaro terrorchilardan, shuningdek keng ko‘lamli tabiiy ofatlardan himoya qilishdan iborat. Bugungi kunda ushbu tashkilotga 6 davlat: Rossiya, Belarus, Armaniston, Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zo.
Yangiliklar lentasi
0