Bir qutbli dunyo tuzish boshlandi: Britaniya “global NATO” yaratishni taklif qildi

© AFP 2023 / PETRAS MALUKASThe US and The NATO flag flie in front of two US Air Force F-22 Raptor fighter aircrafts at the Air Base of the Lithuanian Armed Forces in Љiauliai, Lithuania, on April 27, 2016
The US and The NATO flag flie in front of two US Air Force F-22 Raptor fighter aircrafts at the Air Base of the Lithuanian Armed Forces in Љiauliai, Lithuania, on April 27, 2016 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2022
Obuna bo‘lish
Sovuq urush davrida NATOning xavfsizlik chegarasi Berlin orqali o‘tgan bo‘sa, bugun Alyans uni Janubiy-Xitoy dengiziga ko‘chirmoqchi.
Polina Duxanova, Alena Medvedeva
Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trass “global NATO” tuzishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Hind-Tinch okeani mintaqasida xavfsizlikni nazorat qilish uchun tashkilot kengayishi zarur. Russia Today xabariga asosan.
Ekspertlarning fikriga ko‘ra, “global NATO” G‘arb ishtirokchilarining bir qutblilik dunyo tamoyilini qaytarish istagi sifatida tushunilishi kerak. Unga ko‘ra boshqa davlatlarda dunyo tartibiga o‘z qarashlarini kiritish mumkin bo‘ladi.
Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trass shimoliy Atlantika ittifoqiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining Berlinda bo‘lib o‘tgan norasmiy uchrashuvida “global NATO” tuzish g‘oyasi bilan chiqdi.
“Biz global NATOga e’tibor qaratishimiz muhim. Chunki biz Yevroatlantika xavfsizligini himoya qilgan holda, Hind-Tinch okeani mintaqasidagi xavfsizlikka ham e’tibor qaratishimiz kerak”, - deydi Trass.
Xuddi shunday bayonotni Trass 27-aprel kuni London shahri merining qarorgohi bo‘lgan Menshn-Xausdagi Pasxa ziyofatida aytgan edi. Uning fikriga ko‘ra, zamaon talabiga ko‘ra, NATO ham Yevroatlantikada ham Hind-Tinch okeanida xavfsizlik uchun javob berishi kerak.
“Bizga global NATO kerak. Bu bilan men boshqa mintaqa davlatlarini a’zolikka qabul qilishni nazarda tutmadim. Aytmoqchimanki, NATO global qarashga, global tahdidlarga qarshi kurashishga tayyor bo‘lishi kerak”, - deydi Britaniya diplomatiyasi rahbari.
Shu munosabat bilan u Tinch okeani mintaqasini himoya qilishni ta’minlash uchun Yaponiya va Avstraliya kabi ittifoqchilar bilan hamkorlik qilish muhimligini ta’kidlagan.
“Biz Tayvan kabi demokratik davlatlar o‘zini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lishini ta’minlashimiz kerak”, - deydi vazir.
Liz Trass, shuningdek, mavjud global xavfsizlik tuzumi muvaffaqiyatsizlikka uchraganini qayd etdi.
“Ochiq tan olishimiz kerak, tinchlik va farovonlikni kafolatlash uchun yaratilgan tizim Ukrainada ish bermadi. Ikkinchi jahon urushidan va Sovuq urushdan keyin shakllangan Iqtisodiy va xavfsizlik tizimlari o‘z ko‘rinishini yo‘qotdi”, - deydi Trass.
Shu bilan birga, u yangi va “adolatli” dunyo tartibini shakllantirishning asosiy dastaklaridan biri - savdo-iqtisodiy siyosat deb atadi va barcha mamlakatlar global bozorlarga chiqishga imkon bo‘lishi uchun “qoidalarga asosan” o‘ynashga chaqirdi.

Kelajak uchun ishlanmalar

NATOning kelajak strategiyasi haqidagi o‘z fikrlarini Liz Trass blokning iyun oyi oxirida Madridda bo‘lib o‘tadigan sammiti oldidan e’lon qildi. Unda Shimoliy Atlantika alyansining yangi strategik konsepsiyasi qabul qilinishi kutilmoqda. AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken NATOga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining norasmiy uchrashuvi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida alyansning asosi va konsepsiyasining o‘zagi - mudofaa va Rossiyani “jilovlab turish” ekanligini aytdi.
“Ishonch bilan ayta olamanki, bu strategik konsepsiyada to‘liq aks etadi”, — deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.
Biroq, Blinken AQSh Rossiya bilan munosabatlarni o‘rnatishga chaqiruvchi blok davlatlar qatoriga AQSh kiradimi, degan savolga javob berishdan qochdi. U, shuningdek, Rossiya-NATO ta’sis to‘g‘risidagi qonunning maqomi va uni Vashington haqiqiy deb hisoblaydimi yoki aksincha ekanligi borasida ham izoh bermadi.
Ushbu masala bo‘yicha aniqroq ma’lumotlarni Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok taqdim etdi. Jurnalistlar bilan suhbatda u Yevropa va NATO bilan muloqot kanallarini yo‘q qilish uchun javobgarlik Rossiya zimmasida ekanligini aytdi. Uning fikricha Rossiya shartnomani bir tomonlama to‘xtatgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya-NATO to‘g‘risidagi akt 1997-yil 27-mayda o‘sha paytdagi Rossiya prezidenti Boris Yelsin va NATO Bosh kotibi Xavyer Solana tomonidan imzolangan. Ushbu hujjat Rossiya va alyans mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Unda, shuningdek, o‘zaro qarama-qarshilik va tajovuzkor harakatlarni rad etish ham belgilangan. Biroq shartnoma imzolangandan buyon NATO uni bir necha bor buzgan va 2014-yildan boshlab tomonlar o‘rtasidagi aloqalar uzilgan.

“Dunyoning neokolonial bo‘linishi”

NATOning global ambitsiyalari haqida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham 14-may kuni Tashqi va mudofaa siyosati bo‘yicha kengashning 30-assambleyasida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda NATO demokratik davlatlar hamjamiyatining avangardi sifatida jahon siyosati masalalarida BMT o‘rnini egallashi yoki hech bo‘lmaganda uni o‘ziga bo‘ysundirishi kerak degan fikr ilgari surilmoqda.
Buning uchun “qoidalarga asoslangan tartib” tushunchasi joriy etilmoqda, ammo u “qoidalarni” hech kim ko‘rmagan, muhokama qilmagan va ma’qullamagan, deydi vazir. Shuningdek o‘sha “qoidalar” kollektiv G‘arbda demokratiyani ham, plyuralizmni ham nazarda tutmaydi, deydi Rossiya diplomatiyasi rahbari.
“Gap blok ichida qattiqqo‘l tartib-intizomini qayta tiklash, “ittifoqchilar”ning Vashington buyrug‘iga so‘zsiz bo‘ysunishi haqida borapti”, - deb tushuntiradi Lavrov.
Misol sifatida Lavrov AQSh foydasiga o‘z suverenitetini tobora yo‘qotayotgan, Yevropani keltirdi. YeI xavfsizlik masalalarida asta-sekin NATO bilan birlashib bormoqda. Rossiya TIV rahbari, shuningdek, dastlab, Sovuq urush davrida Berlin devori bo‘ylab “mudofaa chizig‘i” o‘tganini, biroq o‘shandan buyon u bir necha bor sharqqa siljiganini eslatib o‘tdi.
“Endi esa ular bizga... NATO xavfsizlik muammolarini, birinchi navbatda, Hind-Tinch okeani mintaqasidagi masalalarini hal qilish uchun global mas’uliyat ekanligini aytishapti. Ya’ni keyingi mudofaa chizig‘i, tushunganishimcha, Janubiy-Xitoy dengizi hududiga o‘tkaziladi”, — deydi Lavrov.
Uning ta’kidlashicha, shu munosabat bilan, bugun kelajakdagi dunyo tartibi qanday bo‘lishi hal qilinmoqda – adolatli va ko‘p markazlimi yoki butun dunyo kiichk guruh mamlakatlarga bo‘yso‘ngan “neokolonial bo‘linishmi” degan savol turibdi

AQSh manfaatlari yo‘lida

Rossiya Strategik Tadqiqotlar instituti tadqiqotlarni muvofiqlashtirish markazi yetakchi eksperti Sergey Yermakovning so‘zlariga ko‘ra, Liz Trassning NATOning global tabiati haqidagi fikrlari har tomonlama yetakchilikka erishishga urinayotgan AQShning “siyosiy buyurtmasi”ga mos keladi.
“Shundan kelib chiqib, “global NATO” g‘oyasi alyans o‘z geografiyasini, mas’uliyat doirasini kengaytirishini, ya’ni Xitoy manfaatdor bo‘lgan mintaqani ham egallashni anglatadi. Xitoyni jilovlash esa Madridda bo‘lajak sammitning asosiy masalalaridan biri bo‘ladi”, - deydi tahlilchi RT bilan bo‘lgansuhbatda.
U shuningdek, blokni global funksiyalar bilan ta’minlash tendensiyasi 2012-yilda Chikagodagi sammitda aks etgani haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. O‘shanda alyans a’zolari hamkorlik tamoyillarini ilgari surish, kengayish siyosati va blok chegaralaridan ancha uzoqda joylashgan yangi mamlakatlarni NATO orbitasiga jalb etishga e’tibor qaratgan.
Biroq, aslida, Yermakovning fikrlariga ko‘ra, NATO hatto Yevropa xavfsizligini ham ta’minlay olmaydi.
“Aksincha, alyans mintaqada xavfsizlik arxitekturasini buzadi. Bu esa yangi harbiy mojarolarga olib keladi. Sabab shundaki, NATO xavfsizlik ajralmasligi kabi universal prinsipga rioya qilishga va’da bergan holda juda jiddiy tanlab oladi”, - deydi ekspert.
Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti strategik tadqiqotlar va prognozlar instituti direktori o‘rinbosari Pavel Feldmanning so‘zlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya TIV rahbarining fikrlari “global NATO” Vashington juda ko‘p intilayotgan bir qutbli dunyoni o‘rnatishi kerak deganini anglatadi.
“Ya’ni, barcha davlatlar oxir-oqibat o‘z hududlarida Amerika va Britaniya harbiy bazalarini joylashtirishi va shu tariqa harbiy-siyosiy suverenitetini yo‘qotadishga majbur bo‘ladi”, - deydi mutaxassis RT telekanaliga bergan intervusida.
Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha, alyansning barcha a’zolari bunday ambitsiyali taklifni qo‘llab-quvvatlashi amri mahol. Feldmanning fikricha, bu g‘oyaga qarshi tomonlardan biri sifatida Turkiya chiqishi mumkin. U bunday tashabbuslarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lib, barcha xavf va xarajatlarni sog‘lom aql bilan baholaydi. Qolaversa, AQSh hozir ittifoqchilarini Xitoy bilan qarama-qarshilikka tortishga faol harakat qilyapti, unga qarshi gibrid urushni boshlayapti. Chunki Xitoy ham Rossiya bilan birgalikda Vashingtonning global gegemonlik yo‘liga qarshi turibdi.
“Ammo bu Vashington ushbu g‘oyani amalga oshirishni boshlasa, kengayishning boshqa yo‘llarini topa olmaydi, degani emas. Agar Vashington qadamni qo‘ysa, bu alyansning asl funsionalligini tubdan o‘zgartiradi va bir qutbli dunyo tartibiga rozi bo‘lmagan boshqa dunyo o‘yinchilari tomonidan qarshilikka uchrashi mumkin. Ehtimol, bu ularni o‘z kelishmovchiliklariga ko‘z yumib biror alyans tuzishga undaydi”, - deydi Feldman.
Yangiliklar lentasi
0