Toliblar ular armiyasi 130 ming kishidan iborat ekanini ma’lum qilishdi

© AP Photo / Khwaja Tawfiq SediqiFlag talibov
Flag talibov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2022
Obuna bo‘lish
Fevral oyida toliblar yangi afg‘on armiyasiga 150 ming kishini qabul qilishlarini ma’lum qilishgandi.
TOShKENT, 16-may — Sputnik. Afg‘onistonda hukumat tepasiga kelgan “Tolibon”* ular armiyasi 130 ming kishini tashkil etishini ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda TOLO News.
Fevral oyida toliblar yangi afg‘on armiyasiga 150 ming kishini qabul qilishlarini ma’lum qilishgandi. Qurolli kuchlarni yangilash dasturi doirasida tajribali zobitlarni qidirishga alohida e’tibor berilgan.
“130 mingdan ziyod kishi ro‘yxatga olindi va bu jarayon davom etmoqda. Ro‘yxatdan o‘tkazish yakunlanganidan keyin afg‘onistonliklar mustaqil, yaxshi tuzilgan va sodiq armiyani ko‘radi, u afg‘on o‘lkasi va chegaralari xavfsizligini ta’minlaydi va himoya qiladi”, - dedi "Tolibon"* hukumati Mudofaa vazirligi vakili Inoyatulla Havorizmiy.
Ta’kidlanishicha, qo‘shinlar uchun forma ishlab chiqilmoqda.

Toliblarning Afg‘oniston hukumatini egallab olishi

Avgust oyi o‘rtalarida "Tolibon"* a’zolari mamlakat poytaxti Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.
31 avgustga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik amerika kampaniyasi o‘z yakuniga yetdi.
Toliblar Afg‘onistonning muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qildi.
Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi ma’lum bo‘ldi.
*Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida.
Yangiliklar lentasi
0