https://oz.sputniknews.uz/20220516/qator-yirik-davlatlarni-yakkalashga-urinib-garb-ozini-ozi-yakkalab-qoymoqda---pushkov--24576815.html
Qator yirik davlatlarni yakkalashga urinib G‘arb o‘zini o‘zi yakkalab qo‘ymoqda - Pushkov
Qator yirik davlatlarni yakkalashga urinib G‘arb o‘zini o‘zi yakkalab qo‘ymoqda - Pushkov
Sputnik O‘zbekiston
Pushkov Yevropaning Turkiyani yakkalashga urinishiga tanqidiy fikr bildirdi. Senator fikriga ko‘ra bir qator yirik va asosiy davlatlarni yakkalashga urinayotgan G‘arb... 16.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-16T10:45+0500
2022-05-16T10:45+0500
2023-04-05T18:37+0500
dunyoda
siyosat
yevropa
turkiya
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1122/17/11221720_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_acac20900d6afeea4275a19521eecd36.jpg
TOShKENT, 16-may - Sputnik. Rossiyalik senator Aleksey Pushkov Yevroparlament deputatining Turkiyani yakkalab qo‘yish haqidagi tahdidlariga keskin javob berdi. Pushkov aytishiga ko‘ra, bir qator yirik va asosiy davlatlarni yakkalashga urinayotgan G‘arb o‘zini o‘zi yayakalab qo‘yishi mumkin. Biroz oldin Yevropa parlamentidagi eng yirik partiyalardan biri - Yevropa Xalq partiyasining rahbari Manfred Veber Finlyadniya va Shvetsiyani NATOga qabul qilishga qarshi bo‘lgan Turkiyani izolyatsiya qilish haqida gapirgan edi."NATOning yakdilligini shubha ostiga qo‘ygan har kim uyushma ichida o‘zini yakkalab qo‘yadi. Agar Finlyandiya va Shvetsiya buni xoxlasa, ularni qabul qilmaslik uchun hech qanday sabab yo‘q", - degan edi Veber. Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Turkiya prezidenti Tayyip Erdog‘an Finlyandiya va Shvetsiyaning alyansga qo‘shilishiga ijobiy qaray olmasligini ma’lum qilgan edi.
yevropa
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1122/17/11221720_261:0:2992:2048_1920x0_80_0_0_320fe9a238602881154e2cfce3590a38.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, siyosat, yevropa, turkiya, rossiya
dunyoda, siyosat, yevropa, turkiya, rossiya
Qator yirik davlatlarni yakkalashga urinib G‘arb o‘zini o‘zi yakkalab qo‘ymoqda - Pushkov
10:45 16.05.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023) Pushkov Yevropaning Turkiyani yakkalashga urinishiga tanqidiy fikr bildirdi. Senator fikriga ko‘ra bir qator yirik va asosiy davlatlarni yakkalashga urinayotgan G‘arb o‘zini o‘zi yayakalab qo‘yishi mumkin.
TOShKENT, 16-may - Sputnik. Rossiyalik senator Aleksey Pushkov Yevroparlament deputatining Turkiyani yakkalab qo‘yish haqidagi tahdidlariga keskin javob berdi.
Pushkov aytishiga ko‘ra, bir qator yirik va asosiy davlatlarni yakkalashga urinayotgan G‘arb o‘zini o‘zi yayakalab qo‘yishi mumkin.
"Rossiyani yakkalab, Eronni, Suriyani, Venesuelani, Xitoyni, endi Turkiyani ham yakkalamoqchimisizlar? So‘nggi vaqtldarda G‘arbda turli mamlakatlarni, jumladan, asosiy va yirik davlatlarni izolyatsiya qilishga juda ko‘p tahdidlar eshitilmoqda. Oxir-oqibat bu "izolyatorlar" o‘zini dunyoning qolgan qismidan ajratib qo‘ymaydimi ishqilib", - dedi Pushkov.
Biroz oldin Yevropa parlamentidagi eng yirik partiyalardan biri - Yevropa Xalq partiyasining rahbari Manfred Veber Finlyadniya va Shvetsiyani NATOga qabul qilishga qarshi bo‘lgan Turkiyani izolyatsiya qilish haqida gapirgan edi.
"NATOning yakdilligini shubha ostiga qo‘ygan har kim uyushma ichida o‘zini yakkalab qo‘yadi. Agar Finlyandiya va Shvetsiya buni xoxlasa, ularni qabul qilmaslik uchun hech qanday sabab yo‘q", - degan edi Veber.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Turkiya prezidenti Tayyip Erdog‘an Finlyandiya va Shvetsiyaning alyansga qo‘shilishiga ijobiy qaray olmasligini ma’lum qilgan edi.