Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Parhezshunos qanday choy qonda shakarni kamaytirishini aytdi

© Pexels / Anna PouTravanoy chay
Travanoy chay - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2022
Obuna bo‘lish
Qora choy qonda shakar miqdorini kamaytiradi, qon bosimini tushiradi.
Parhezshunos Pokiza Gizam Oqgulning aytishicha, ko‘k choy immunitetni mustahkamlaydi, qon bosimi va uning tarkibidagi shakar miqdorini meyorlashtiradi, saratondan himoya qiladi va semizlikning oldini oladi. Bu haqida Turkiyaning Sabah nashri xabar berdi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, bir o‘simlikdan qora va yashil choy tayyorlanishiga qaramay, mahsulotlar qayta ishlash texnologiyasida farqlanadi. Xususan, yashil choy polifenollarga, B1 va B2 vitaminlariga boy, shuningdek, 10 barobar ko‘proq S vitaminiga ega. Bundan tashqari, yashil choyda stressni yo‘qotuvchi teanin moddasi mavjud.
Parhezshunos bir kunda uch chashkadan ortiq choy ichishni tavsiya qilmaydi. Ayniqsa, qandli diabet, yurak-qon tomir, buyrak kasalliklari, hamda qalqonsimon bezda muammolari bor odamlarga ko‘k choyni shifokor maslahati bilan iste’mol qilishni tavsiya qildi.
Yangiliklar lentasi
0