O‘zbekistonga me’da saratonini davolovchi rossiyalik jarrohlar keldi

© Sputnik / Nikolay Xijnyak / Mediabankka o‘tishMedsestra stavit kapelnitsu patsiyentu
Medsestra stavit kapelnitsu patsiyentu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2022
Obuna bo‘lish
Me’da va koloproktologiya saratoni bo‘yicha yetakchi mutaxassislar murakkab jarrohlik amaliyotlarini laparoskopik usulda olib bormoqda.
TOShKENT, 16-may — Sputnik. Shu kunlarda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallarida Rossiyalik professorlar ishtirokida murakkab jarrohlik amaliyotlari olib borilmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.
Rossiyalik jarrohlar me’da va koloproktologiya saratoni bo‘yicha yetakchi mutaxassis hisoblanadi. Ular ishtirokida murakkab jarrohlik amaliyotlari laparoskopik usulda o‘tkazilmoqda.
“O‘zbekistonga jarrohlar jamoasi bilan keldik. Avval Xorazda bo‘ldik va saratonga chalingan bemorlarni tekshiruvdan o‘tkazdik. Umuman olganda tajriba almashib, mahorat darslarida qatnashmoqdamiz”, - deydi rossiyalik shifokor Artom Goncharov.
Ayni paytda markazda kuniga 2 tadan 10 tagacha laparoskopik usulida operatsiya qilinmoqda.
Shuningdek, rossiyalik mutahassislar joylardagi mahalliy shifokorlar uchun mahorat darslari ham olib bormoqda.
Ma’lumot uchun, laparoskopik usuldagi operatsiyalar bemorning qorin bo‘shlig‘ini kesmasdan amalga oshiriladi.
Ochiq holda qilingan operatsiya jarohati yiringlashi, shuningdek, operatsiyadan keyingi og‘riq sindromi kuchliroq bo‘lishi mumkin. Laparoskopik jarrohlik amaliyotidan so‘ng bu og‘riqlar bemorda ko‘zatilmaydi.O‘zlashtirilgan yangi usul bemorning tez tiklanib, ijtimoiy faoliyatga qaytishini osonlashtiradi.
Yangiliklar lentasi
0