https://oz.sputniknews.uz/20220516/ozbekiston-tiv-rahbari-shht-bosh-kotibi-bilan-uchrashdi-24593288.html
O‘zbekiston TIV rahbari ShHT bosh kotibi bilan uchrashdi
O‘zbekiston TIV rahbari ShHT bosh kotibi bilan uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan ShHT o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi. 16.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-16T19:42+0500
2022-05-16T19:42+0500
2022-05-16T19:42+0500
siyosat
vladimir norov
chjan min
shanxay hamkorlik tashkiloti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/10/24593256_0:77:1280:797_1920x0_80_0_0_7bfb22cf2a32a789ae08f226a98fecb3.jpg
TOShKENT, 16-may — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov mamlakatga tashrif bilan kelgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) bosh kotibi Chjan Min bilan uchrashdi,TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan ShHT o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.O‘zbekistonning ShHTga raisligidagi tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar O‘zbekiston raisligida tashkilotning shu kungacha 40 dan ortiq tadbirlari muvaffaqiyatli o‘tkazilganini qayd etdi hamda joriy yilning may-sentabr oylariga mo‘ljallangan yuqori darajadagi uchrashuvlarning tashkiliy masalalari va kun tartibini muhokama qildilar.Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston tashabbusi bilan ShHT doirasidagi hamkorlikning yangi yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular Tashkilot kun tartibini zamonaviy voqelikni hisobga olgan holda boyitishga xizmat qilmoqda. Xususan, ShHTga a’zo davlatlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha ilk bor vazirlar yig‘ilishlari tashkillashtirildi. 17-may kuni esa Toshkent shahrida o‘simliklar karantini bo‘yicha mas’ul idoralar rahbarlarining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.ShHT bosh kotibi asosiy voqea – 2022-yil 15-16 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ShHTga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlari kengashining majlisiga tayyorgarlik ko‘rish, Samarqand sammitini mazmunan boyitish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarni yuksak baholadi.Tomonlar bo‘lajak sammit doirasida imzolanishi rejalashtirilgan hujjatlarni kelishish jarayonini tezlashtirish bo‘yicha faol sa’y-harakatlarni davom ettirish zarurligini ta’kidladilar.ShHT faoliyatini yanada rivojlantirish, uning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish yuzasidan fikr almashildi.Muzokaralarda xalqaro va mintaqaviy kun tartibining ayrim masalalari, jumladan, Afg‘onistondagi mavjud vaziyat ham ko‘rib chiqildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/10/24593256_58:0:1222:873_1920x0_80_0_0_cc5ef16cfddbf75e2bc25609c737f7a3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, vladimir norov, chjan min, shanxay hamkorlik tashkiloti
siyosat, vladimir norov, chjan min, shanxay hamkorlik tashkiloti
O‘zbekiston TIV rahbari ShHT bosh kotibi bilan uchrashdi
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan ShHT o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.
TOShKENT, 16-may — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov mamlakatga tashrif bilan kelgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) bosh kotibi Chjan Min bilan uchrashdi,
TIV matbuot xizmati
xabariga ko‘ra, bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan ShHT o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.
O‘zbekistonning ShHTga raisligidagi tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar O‘zbekiston raisligida tashkilotning shu kungacha 40 dan ortiq tadbirlari muvaffaqiyatli o‘tkazilganini qayd etdi hamda joriy yilning may-sentabr oylariga mo‘ljallangan yuqori darajadagi uchrashuvlarning tashkiliy masalalari va kun tartibini muhokama qildilar.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston tashabbusi bilan ShHT doirasidagi hamkorlikning yangi yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular Tashkilot kun tartibini zamonaviy voqelikni hisobga olgan holda boyitishga xizmat qilmoqda. Xususan, ShHTga a’zo davlatlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha ilk bor vazirlar yig‘ilishlari tashkillashtirildi. 17-may kuni esa Toshkent shahrida o‘simliklar karantini bo‘yicha mas’ul idoralar rahbarlarining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
ShHT bosh kotibi asosiy voqea – 2022-yil 15-16 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ShHTga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlari kengashining majlisiga tayyorgarlik ko‘rish, Samarqand sammitini mazmunan boyitish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarni yuksak baholadi.
Tomonlar bo‘lajak sammit doirasida imzolanishi rejalashtirilgan hujjatlarni kelishish jarayonini tezlashtirish bo‘yicha faol sa’y-harakatlarni davom ettirish zarurligini ta’kidladilar.
ShHT faoliyatini yanada rivojlantirish, uning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralarda xalqaro va mintaqaviy kun tartibining ayrim masalalari, jumladan, Afg‘onistondagi mavjud vaziyat ham ko‘rib chiqildi.