Davlat tashkilotlarida kadr siyosatini baholashda reyting joriy qilinadi

© pexels.com/Sora ShimazakiJenshina s papkoy
Jenshina s papkoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2022
Obuna bo‘lish
Reyting baholari formula orqali 100 ballgacha asosiy va 20 ballgacha qo‘shimcha ballari asosida aniqlanadi.
TOShKENT, 16-may — Sputnik. Endilikda vazirlik va idoralarda kadr siyosatini baholash bo‘yicha reyting joriy qilinadi.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmatining Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, baholash 10 ta indikatordan iborat va u har 6 oyda e’lon qilib boriladi.
Yangi tartib uchun xorijiy tajribasi va 15 dan ortiq vazirlik va idoralar mutaxassislari ishtirokida o‘rganishlar olib borilgan. Natijada 10 ta asosiy va qo‘shimcha indikatorli reyting tizimi yaratildi. Reyting ham baholovchi tashkilot, ham baholanayotgan subyekt tashkilot bilan birgalikda ishlab chiqildi.
Baholash jarayonida davlat idoralaridagi vakansiyalarning to‘ldirilishi va muddatlarga rioya qilinishi, xodimlarning qo‘nimsizlik darajasi hamda ish muhiti hisobga olinadi.
Asosiy indikatorlar:
davlat tashkilotidagi vakansiyalar darajasi;
vakant lavozimlarning yopilish muddati;
davlat tashkilotidagi qo‘nimsizlik darajasi;
inson kapitalini rivojlantirish koeffitsiyenti;
xodimlarning yuqori malaka darajasi ko‘rsatkichi (fan nomzodi, falfasa doktori, fan doktori);
xalqaro e’tirof etilgan reyting beruvchi tashkilotlarning yuqori 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy OTMlarni tamomlagan xodimlar soni;
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish darajasi.
Ma’lumotlarni o‘z vaqtida va xatosiz taqdim etganlik bo‘yicha, umumiy xodimlardagi xotin-qizlar ulushi, umumiy xodimlardagi yoshlar ulushi qo‘shimcha indikatorlar sanaladi.
Reyting baholari formula orqali 100 ballgacha asosiy va 20 ballgacha qo‘shimcha ballari asosida aniqlanadi:
- “A’lo” daraja — 81 balldan 100 ballgacha;
- “Yaxshi” daraja — 71 balldan 80 ballgacha;
- “Qoniqarli” daraja — 55 balldan 70 ballgacha;
- “Qoniqarsiz” daraja — 54 ballgacha.
Baholashdagi indikatorlar ko‘rsatkichlari “Davlat fuqarolik xizmati yagona elektron axborot-tahlil tizimi” dasturiy-apparat kompleksi orqali aniqlanadi.
Yangiliklar lentasi
0