Shavkat Mirziyoyev BAAning yangi prezidentiga tabrik yo‘lladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i nasledniy prins Abu-Dabi Muxammed ben Zayd Al Naxayan, arxivnoe foto
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i nasledniy prins Abu-Dabi Muxammed ben Zayd Al Naxayan, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.05.2022
Obuna bo‘lish
Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad ibn Zoid Ol Nahayon mamlakat prezidenti etib saylandi.
TOShKENT, 15-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu-Dabi Amirligi valiahdi Shayx Muhammad ibn Zoid Ol Nahayonni mamlakat prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Mirziyoyev o‘z tabrigida Ol Nahayonning so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Amirliklar o‘rtasidagi ko‘p qirrali va uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini har tomonlama mustahkamlashga qo‘shib kelayotgan beqiyos amaliy hissasini e’tirof etgan.
“Kelgusida ham birgalikdagi qat’iy intilishlarimiz va doimiy muloqotlarimiz natijasida davlatlarimiz o‘rtasida jadal rivojlanib borayotgan o‘zaro ishonch, yuksak hurmat va bir-birini qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga asoslangan sherikligimiz izchil kengayib borishiga aminman”, - deyiladi, jumladan, O‘zbekiston yetakchisining maktubida.
BAA prezidenti va Abu-Dabi amiri Xalifa ibn Zoid Ol Nahayon 13-may kuni uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 73 yoshida vafot etdi. Shundan so‘ng Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad ibn Zoid Ol Nahayon mamlakat prezidenti etib saylandi.
Yangiliklar lentasi
0