Osiyo kubogi-2023 Xitoyda o‘tkazilmaydigan bo‘ldi

© Press-slujba AFUKubok Azii po futbolu
Kubok Azii po futbolu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.05.2022
Obuna bo‘lish
Xitoy koronavirus tufayli futbol bo‘yicha 2023-yilgi Osiyo kubogi musobaqasini o‘tkazishdan bosh tortdi
TOShKENT, 15-may — Sputnik. Xitoy epidemiologik vaziyat sababli futbol bo‘yicha 2023-yilgi Osiyo kubogi musobaqasini qabul qilmaydi. Bu haqda Osiyo futbol konfederatsiyasi ma’lum qildi.
24 jamoa ishtirokidagi qit’a birinchiligi 2023-yilning 16-iyundan 16-iyuliga qadar Xitoyning 10 ta shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi.
“Osiyo futbol konfederatsiyasi Xitoyni ushbu turnirni o‘tkazish huquqidan voz kechishga majbur qilgan COVID-19 pandemiyasi holatini e’tirof etadi”, — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, har to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladigan bu musobaqa mezboni kim bo‘lishi yaqin vaqt ichida e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilgi Osiyo kubogi 3-saralash bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi C guruhidan o‘rin olgan. “Oq bo‘rilar” o‘z yurishlarini 8-iyun kuni Shri-Lanka jamoasiga qarshi boshlashadi. 11-iyun kuni Maldiv orollariga bilan kuch sinashsa, 14-iyunda Tailandga qarshi maydonga tushishadi.
3-saralash bosqichida har bir guruh g‘olibi va eng yaxshi ko‘rsatkichga ega beshta ikkinchi o‘rin sohibi Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.
Yangiliklar lentasi
0