Medvedev keng ko‘lamli oziq-ovqat inqirozi xataridan ogohlantirdi

© Sputnik / Yekaterina ShtukinaZamestitel predsedatelya Soveta bezopasnosti RF Dmitriy Medvedev, arxivnoe foto
Zamestitel predsedatelya Soveta bezopasnosti RF Dmitriy Medvedev, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.05.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Xavfsizligi kengashi raisi o‘rinbosari sanksiyalar oqibati dunyodagi energetika, logistika, oziq-ovqat va boshqa inqirozlarni keltirib chiqarishi mumkinligini taxmin qildi.
TOShKENT, 15-may — Sputnik. G‘arb mamlakatlarining Rossiyaga qarshi kiritayotgan sanksiyalari butun dunyoga jiddiy oqibatlar bilan tahdid solmoqda. Bu haqda Rossiya Xavfsizligi kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.
Uning fikricha, yetkazib berishning global zanjari buzilishi tufayli yirik logistika inqirozi yuzaga kelishi mumkin. Rossiyaning energiya resurslarini taqiqlayotgan mamlakatlar esa energetika inqiroziga duch kelishlari mumkin.
“Istiqboli ayrim davlatlarda ocharchilik bo‘lgan to‘laqonli xalqaro oziq-ovqat inqirozi boshlanadi”, - deb hisoblaydi Medvedev.
Rossiya Xavfsizligi kengashi raisi o‘rinbosari milliy valyutalar barqarorligiga putur yetishi, o‘sib borayotgan inflyatsiya va xususiy molk-mulkning qonuniy himoyasi buzilishi valyuta moliya inqiroziga olib kelishini qo‘shimcha qilgan.
Bundan tashqari, u yangi mintaqaviy harbiy mojarolar paydo bo‘lishi, dunyoda terrorchilar faollashishi mumkin, deb hisoblaydi. Sanitariya-epidemiologiya sohadagi xalqaro hamkorlikdan bosh tortishdan so‘ng dunyoda yangi epidemiyalar boshlanishi mumkin.
Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish jarayonida o‘z samaradorligini isbotlay olmagan xalqaro institutlar faoliyatida pasayish kuzatiladi, masalan, Yevropa Kengashi. Mafkuraviy anglo-saksonlar mezonlariga emas, pragmatiklarga asoslangan yangi xalqaro ittifoqlar tuziladi.
Medvedev natijada yangi xavfsizlik arxitekturasi yaratiladi, deb hisoblaydi. Unda, jumladan, Amerika atrofida yig‘ilgan dunyo g‘oyasi barbod bo‘lgani tan olinadi.
Yangiliklar lentasi
0