Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Qaysi mahsulot umrni uzaytiradi - kardiologlar tavsiyasi

© CC0 / Unsplash / Frank ZhangZeleniy luk v masle na skovorode
Zeleniy luk v masle na skovorode - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.05.2022
Obuna bo‘lish
Kardiologlarning fikriga ko‘ra, umr davomiyligini uzaytirish uchun ikki mahsulot o‘rniga zaytun yog‘ini iste’mol qilish kerak.
Umrni oziq-ovqat mahsulotlari yordamida uzaytirish mumkin. Buning uchun mayonez va margarinni zaytun yog‘iga almashtirish kerak xolos. Bu haqida kardiologlar, Garvard tibbiyot fakulteti vakillari Amerika kardiologiya kolleji jurnaliga ma’lum qildi.
Yurak-qon tomir kasalliklarining kelib chiqishida oziq-ovqat mahsulotlarining ahamiyati bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotda 90 mingdan ortiq ko‘ngillilar ishtirok etgan.
Aniqlanishicha, 10 gr margarin, mayonez yoki sariyog‘ni xuddi shu miqdordagi zaytun yog‘iga almashtirilsa, yurak-qon tomir kasalliklarining kelib chiqish xavfi kamayadi.
Garvard olimlarining ma’lumot berishicha, zaytun yog‘ini tez-tez iste’mol qilish yurak-qon tomir kasalliklaridan kelib chiqadigan o‘lim holatlarini 19%ga kamaytiradi.
Shuningdek, zaytun yog‘i saraton kasalligi kelib chiqish xavfini 17%ga kamaytiradi.
Yangiliklar lentasi
0